Chimyonda qor ko‘chish xavfi 14 fevralgacha saqlanib qoladi

Jamiyat 09:09 / 13.02.2022 3404

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfi 14 fevralgacha saqlanib qolishini ma’lum qildi.

12 fevral soat 08:00 dan 13 fevral soat 08:00 gacha ushbu hududda qor ko‘chish xavfi e’lon qilingandi. Vazirlik qor ko‘chkisi xavfi 14 fevral soat 08:00 gacha saqlanib qolishini ma’lum qildi.

«Hurmatli fuqarolar, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deya ogohlantiradi FVV.

Ko‘proq yangiliklar: