Bugun, 11 fevral kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanining Qorako‘rpa mahallasida joylashgan shifoxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 7 kishi jabrlangan.
Halok bo‘lganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Voqea joyida FVVning mintaqaviy boshqarma qutqaruvchilari ishlamoqda.