O‘zbekistondagi yirik supermarket tarmoqlaridan biri – Korzinka 25 yillik tarixining ilk bosqichida ochilgan supermarketlarni birma-bir tubdan yangilashda davom etmoqda.
Xuddi shunday supermarketlardan biri – bu Toshkent shahri markaziy qismi, Shayxontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasida joylashgan Korzinka Abay supermarketidir.
Korzinka Abay supermarketi 2010 yil 10 dekabrda ochilgan bo‘lib, unga ikki qardosh millat – o‘zbek va qozoq xalqlarining do‘stligi ramzi sifatida ulug‘ yozuvchi va mutafakkiri Abay (Qo‘nonboy o‘g‘li) nomi berilgan. Supermarket 10 yildan ortiq vaqt davomida atrofdagi mahallalar va yurtimiz aholisining sevimli savdo maskaniga aylanib ulgurdi.
Tarmoqning yangi format va istiqbolga yangicha yondashuvi Korzinka Abay supermarketini ham mijozlar va zamon talabidan kelib chiqqan holda qayta ta’mirlashga yetakladi.
2022 yil 2 yanvarda kapital ta’mir ishlari uchun yopilgan Korzinka Abay supermarketi bir oydan biroz o‘tib, 5-fevral sanasida yangilangan tashqi va ichki qiyofada yana o‘zining doimiy mehmonlari, shuningdek, kun sayin tarmoqqa mehr qo‘yib borayotgan boshqa yurtdoshlarimiz uchun eshiklarini ochdi.
Ushbu supermarketda savdo hududi yanada kengaytirilib, mehmonlar harakatlanish yo‘nalishi odatdagidan qulay shaklga keltirilgan.
Savdo hududida peshtaxtalarni yoritish uchun eng zamonaviy uskunalari va tizimidan foydalanilgan – bunda mijozlarning e’tibori to‘g‘ridan-to‘g‘ri peshtaxtadagi tovar hamda narxlarga qaratilishi xarid jarayoni samarali kechishida xizmat qiladi.
Har bir bo‘lim peshtaxtalari qatori ustida bo‘lim nomi, qator boshida esa “Hafta taklifi” seriyasiga mansub tovarlar joylangan va maxsus ko‘rsatkichlar bilan ta’minlangan.
Havo aylanish va konditsioner tizimi butunlay almashtirilgan. Avtoturargoh hududi ham qayta ko‘rib chiqilib, yangilangan va kengaytirilgan.
Supermarketga o‘zgacha yondashuvda e’tibor qaratilishi nafaqat uning ta’mirida balki tovarlar tanlovining turfaligiga ham ta’sir etgan.
Bu ayniqsa go‘sht, sut mahsulotlari, meva-sabzavot va ichimliklar bo‘limlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Non mahsulotlari va shirinliklar bo‘limlarida ham assortiment ancha kengaygani seziladi.
Korzinka Abay supermarketida ta’mirgacha 2 tandir issiqqina nonlarni muhayyo etgan bo‘lsa, yangilanishdan so‘ng tandirlar soni 3taga yetdi – tandirxonasi bor Korzinkalarda yopilgan non narxi hamon 2000 so‘mdan oshgani yo‘q.
Jahonning rivojlangan davlatlarida poytaxt aeroportlarining qulayligi va intereriga katta e’tibor qaratiladi, chunki bu jihat, avvalo, mijozlarning roziligi va mehmonlar uchun mamlakatning yuzi haqida taassurotni shakllantiradi.
Korzinka supermarketlari jamoasi esa o‘z oldiga har bir supermarketni xaridlar qulayligidan zavq olish maskaniga va unum tomon parvoz ostonasiga aylantirishni maqsad qilgan.
Yo‘lingiz Abay ko‘chasidagi Korzinkaga tushsa, ro‘zg‘or uchun fayz-barakali bozorliklarga marhabo!
Mahallani boshlab kelaverasiz!
#OdatdagidanYaxshi
Qulaylik va foyda bir joyda:
KorzinkaGO ilovasi: www.krzn.uz/app
Korzinka Telegram'da: t.me/korzinkauzb (o‘zbek tilida) va t.me/korzinkauz (rus tilida)
Korzinka Facebook'da: fb.com/korzinkauz
Korzinka Instagram'da: @korzinkauz
Korzinka Twitter'da: twitter.com/KorzinkaUzbek
Reklama huquqi asosida