Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 69 198 ta tug‘ilish holatlari qayd etilgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6 918 taga ko‘p.
Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 8 516 ta holat. Keyingi o‘rinlardan 7 528 ta tug‘ilish holati qayd etilgan Farg‘ona viloyati va 7 417 ta tug‘ilish kuzatilgan Qashqadaryo viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Andijon viloyati – 6 249 ta;
- Surxondaryo viloyati – 6 060 ta;
- Namangan viloyati – 6 046 ta;
- Toshkent shahri – 5 864 ta;
- Toshkent viloyati – 4 184 ta;
- Buxoro viloyati – 3 493 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 3 408 ta;
- Xorazm viloyati – 3 386 ta;
- Jizzax viloyati – 3 198 ta;
- Navoiy viloyati – 1 934 ta;
- Sirdaryo viloyati – 1 915 ta.