Buxoro viloyati hokimi yakshanba kuni yig‘ilish o‘tkazgani yuzasidan tekshirish boshlandi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov yakshanba kuni to‘rtta tumanda yig‘ilish o‘tkazdi. Mazkur holat Kun.uz’da yoritilgach, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vaziyat yuzasidan tekshirish boshlanganini ma’lum qildi.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati
6 fevral kuni Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlarida viloyat hokimi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilgan. Dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, mahalla raislari va hokim yordamchilari yig‘ilishga chaqirilgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.
“Mazkur vaziyat yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi vakillari maxsus tekshirish va rasmiylashtirish ishlarini olib bormoqda. Natija haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, — deyiladi vazirlik munosabatida.
Mavzuga oid

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

10:57 / 23.01.2025
Buxoroda 33 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

20:43 / 27.12.2024
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

12:33 / 13.12.2024