FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 7 fevral kuni soat 13:40 larda Samarqand-Qarshi avtomobil yo‘lining Chiroqchi tumani “Guliston” MFY hududidan o‘tgan 80-kilometrida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida “Kamaz”-53212 rusumli yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, soat 13:47 da 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, soat 13:49 da yong‘in qurshab olingan va soat 14:10 da bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida yuk mashinasining salon va bort qismi yonib zararlangan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq, M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidan o‘tgan qismida lok-buyoq ortib ketayotgan yuk mashinasi yonib ketgandi.