Navoiy xalqaro aeroportida Turkiyadan keltirilayotgan, qariyb 100 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilar to‘xtatib qolindi

Jamiyat 18:20 / 07.02.2022 692

Ma’lum qilinishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Istanbul-Navoiy” yo‘nalishidagi aviareys bilan olib kelingan kurerlik jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Ko‘rik davomida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, tovarlar orasiga yashirilgan, sifati kafolatlanmagan 73 mln 800 ming so‘mlik “Favimol 200mg” nomli dori-darmon vositalari borligi aniqlanib, dalolatnoma asosida vaqtincha saqlovga olingan.

Shuningdek, ushbu reysda yana bir holatda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, oshxona buyumlari orasiga yashirilgan 20 mln 640 ming so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda 3 mln so‘mdan ortiq qiymatdagi kiyim-kechaklar borligi aniqlangan.

Hozirda holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oldinroq Navoiyda 2021 yilda bojxonachilar tomonidan qariyb 9 mlrd so‘mlik noqonuniy tovar-moddiy boyliklar ushlab qolingani ma’lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: