O‘n yetti nafar farzand ko‘rgan ayol
O‘lmasxon aya Quvvatova bu yil 90 yoshni qarshi oladi. Qahramonimiz o‘n yetti nafar farzandni dunyoga keltirgan. Hozir o‘n bir nafar farzandi hayot. To‘qqizta qiz, ikki o‘g‘ilni voyaga yetkazgan.
Bu yil 90 yoshni qarshi oladigan O‘lmasxon aya Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashaydi. Turmush o‘rtog‘i ham, o‘zi ham oilada yolg‘iz farzand bo‘lishgan. Ayadan oldin tug‘ilgan barcha farzandlar vafot etgani bois ismini O‘lmasxon qo‘yishadi.
“Bizni vaqtda soddachilik, doktorga borishmagan yoki dori-darmon bo‘lmagan, xudo berib tug‘ilavergan farzandlar. Shuncha tug‘ib, yana ham yumalab turibman deb qo‘yaman. Bolalarni boqqanda qiyinchiligi bo‘ladi. Ham dalaga chiqamiz, ham uy ishini qilamiz, shunaqa qilib shu yoshlarga yetib keldik. Cholim bilan 65 yilcha yashadik, yaxshi yashadik. Cholim yaxshi odam edi. Shu bilan endi bola-chaqali bo‘lib, shu yergacha yetib keldik”, – deya xotirlaydi qahramon ona.
Onaxon nabira, evara, chevaralari sonini ham yoddan biladi. Qahramon onaning 36 ta nevara, 60 ta chevara va 5 ta evarasi bor. O‘lmasxon ayaning farzandlari bir to‘planganda xonadonda to‘yday bo‘ladi.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi Azizbek Ismoilov.
Mavzuga oid

17:56 / 22.02.2025
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchi ta’limiga qanday ta’sir qiladi?

13:01 / 12.02.2025
Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan ayrim oilalarga subsidiya ajratiladi

09:50 / 12.02.2025
Kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari yaratiladi

15:31 / 03.02.2025