O‘n yildan ziyod vaqt mobaynida 37 yoshli ayol ulkan gemangioma (qon tomir o‘smasi) dan azob chekib, aql bovar qilmaydigan jismoniy, ijtimoiy va ma’naviy qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Jigarining o‘ng yarmini egallagan bu o‘simta 15 yil oldin aniqlangan. Keyinchalik, jarrohlik amaliyotini amalga oshirgan shifokor, bu murakkab ish, hozirgi vaqt tibbiyoti zarur resurslarga ega emas degan xulosaga keldi.
Professor Nilamegam Kapali, ilgari Hindiston Apollon va Fortis klinikalarida oshqozon-ichak jarrohligi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan, shuningdek, 90-yillarda Hindistonda birinchi jigar ko‘chirib o‘tkazgan, yaqinda Svast Inc kompaniyasi orqali, O‘zbekistondagi bemorlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Toshkentga keldi. Uning bemorlaridan biri bizning qahramonimiz hisoblanadi. Ushbu shifokor qorin bo‘shlig‘i va oshqozon-ichak traktining eng murakkab operatsiyalarini bajarishda katta tajribaga ega bo‘lib, u bu o‘simtani butunlay olib tashlashni zarur deb hisobladi. Hindistondan kelgan laparoskopik , ko‘krak va tiroid jarrohligi bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan doktor Yedisal Rafayel ham bu fikrga qo‘shildi. Ular jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemorning xavfsizligi va salomatligini ta’minlash uchun zarur resurs va materiallarni xarid qilishda cheklovlar bo‘la turib, O‘zbekiston jarrohlik tarixida birinchi bo‘lib bunday operatsiyani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Bemorning o‘zida doktor Kapali va doktor Yedisal bilan suhbatlashgandan so‘ng, bu kasallik ustidan g‘alaba qozonishiga umid paydo bo‘ldi
Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, doktor Kapali 2021 yil 21 dekabrda Shayxontohur tumanida , Forobiy ko‘chasida joylashgan City Med Clinic klinikasida 7 soatlik murakkab jarrohlik amaliyotini amalga oshirdi. Doktor Yedisaldan tashqari, doktor Salohiddin va doktor Bahodir anesteziologiya guruhi jarayonda qatnashdi.
Bemorning ukasi singlisining hayotini qutqarish operatsiyasida ishtirok etgan shifokorlardan minnatdor bo‘ldi va barcha qiyinchiliklardan keyin opasining yuzida tabassumni ko‘rishdan juda ham quvondi.
Murojaat uchun telefon : +998 93 101 03 03
Reklama huquqi asosida