Asl Belgisi tizimi dori vositalarini raqamli markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasini muvaffaqiyatli yakunladi

Jamiyat 17:00 / 01.02.2022 6519

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 20 maydagi «Majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha tajriba loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi va unga binoan 1 iyundan boshlab farmatsevtika bozori faoliyatida Asl Belgisi raqamli markirovkalash tizimini joriy etish bo‘yicha tajriba loyihasiga start berildi. Tajriba 2022 yilning yanvar oyi oxirigacha davom etdi. Uning natijalari to‘g‘risida “Dori vositalari” tovar guruhi menejyeri Diyor Rasulev intervyu berdi.

— Diyor, tajriba ishtirokchilarining umumiy soni nechta?  

Foto: Asl Belgisi

 

– Tajribada ishtirok etish uchun imzolangan shartnomalarning umumiy soni 73ta. Ularning 46tasi – xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari. Shular orasida KRKA, DR.REDDY, BERLIN-CHEMIE, FARMAK, GeDeON RIXTeR, ABBOTT, Novartis, EGIS farmatsevtika zavodi, POLYSAN, PRO.MED.CS. Praha, VEGAPHARM, NOBEL ILAC SANAYI VE TICARET ANONIM SIRKETI kabilar bor.

Qolgan 27 ishtirokchi – mahalliy dori vositalari ishlab chiqaruvchilari.

Loyihaning boshida ishtirokchilar soni bo‘yicha operatorlarning taxmini qanday edi?

322 qaror bo‘yicha 6ta mahalliy ishlab chiqaruvchi eksperimentda ishtirok etishi kerak edi. Biroq ularning soni 27taga yetdi. NAVBAHOR SANOAT, NOVA PHARM, GOLDEN MEDIKAL FARM, SERENE HEALTHCAREK, NOVUGEN PHARMA, SAMARKAND - ENGLAND EKO – MEDICAL’ni alohida tilga olishni istar edim. Tajriba avvalida xorijiy ishlab chiqaruvchilardan (24ta kompaniya) raqamli markirovkada ishtirok etishga tayyorlik to‘g‘risida rasmiy xatlar olindi. Yanvar oyida ishtirokchilar soni 46tani tashkil etdi. Bu juda katta yutuq. Tajribaning afzalligi shundaki, u barcha uchun ochiq bo‘ldi. Son jihatdan hech qanday cheklovlar bo‘lmadi. Biz, albatta, bozor ishtirokchilari tomonidan bildirilayotgan bunday qiziqishdan behad xursandmiz.

Foto: Asl Belgisi

— Ayting-chi, tajriba qanday o‘tdi, uning qaysi bosqichlari amalga oshirildi?

– Nisbatan, qisqa vaqt ichida loyihaning barcha asosiy vazifalarini bajarishga erishildi. 

Bu:

•markirovkalash tizimi funksionalini yangi tovar guruhiga sozlash;

•tajriba loyihasi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish va Asl Belgisi markirovkalash tizimida shaxsiy kabinetlarni ochish;

•tajriba mahsulotini aniqlash va preparatlarni “Markirovkalangan tovarlar katalogi” tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish;

•dori vositalari o‘ramlari dizayn-maketini qayta ko‘rib chiqish va ro‘yxatga olishga doir hujjatlarga tegishli o‘zgarishlarni kiritish;

•markirovkalash uskunalarini sotib olish, yetkazib berish va montaj qilish va tajriba loyihasining barcha ishtirokchilarining ishlab chiqarish maydonchalarida ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish; 

•korxona ishchilarini yangi uskunalarda ishlashga o‘rgatish;

•markirovkalangan mahsulotlarning signal partiyalarini ishlab chiqarish va raqamli markirovkalangan mahsulotni seriyali ishlab chiqarishga o‘tish.

Xorijiy ishlab chiqaruvchilar ham ortda qolishmadi. Masalan, DR.REDDYS, BERLIN-CHEMIE, FARMAK, ABBOTT LABORATORIES kompaniyalari markirovkalangan dori vositalarining signal partiyalarini ishlab chiqarishdi, yaqin orada ularning O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berilishi kutilmoqda.

Foto: Asl Belgisi

— Tajriba davrida ishtirokchilarga nechta markirovka kodlari berildi? 

– Shuni qayd etmoqchimanki, tajriba doirasida ishlab chiqaruvchilar bitta ishlab chiqarish liniyasini markirovkalash uchun bepul uskunalarni olish, shuningdek Data Matrix kodlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xorijiy kompaniyalar vakolatxonalariga faqat markirovkalash kodlari taqdim etildi, texnik xarakterga ega bo‘lgan masalalarni ularning o‘zlari mustaqil hal qildilar.

Jami 6 mln kod berildi. “Markirovkalangan tovarlar katalogi” tizimida 593ta dori vositasi ro‘yxatga olindi. Ulardan 332tasi – mahalliy ishlab chiqarilgan preparatlar, 261tasi – xorijiy preparatlar.

Tajribani xulosalaydigan bo‘lsak, u qanday o‘tdi?

– Fikrimizcha, dori vositalarini markirovkalash bo‘yicha tajriba loyihasi muvaffaqiyatli o‘tdi. Tajribaning barcha vazifalari o‘z muddatida bajarildi. Tajriba ishtirokchilari markirovkalash tizimining ishlash tamoyillari haqida bilimlarga ega bo‘lishdi, ishlab chiqariladigan mahsulotni raqamli markirovkalash bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tajriba to‘plashdi.

Yaqin orada mas’ul idoralarning dori vositalarini raqamli markirovkalash izchil joriy etilishi to‘g‘risidagi qarorini va mamlakatimiz dorixonalarida markirovkalangan mahsulotlarning birinchi partiyasini ko‘rishni kutmoqdamiz.

Foto: Asl Belgisi

Ma’lumot uchun: «CRPT TURON» MChJ Ucell va O‘zbekistonga tegishli holding aktivlari USM — ICS Holding Uzbekistan'ni o‘z ichiga olgan Digital Holding qo‘shma korxonasi tarkibiga kiradi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: