Koronavirus: Kunlik holatlar yana kamaya boshladi

O‘zbekiston 10:29 / 30.01.2022 8055

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 1104 kishida kasallik aniqlangani, 242 nafar bemor tuzalgani, 3 kishi vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2022 yil 29 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 221919 (+1104) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Kunlik holatlar ketma-ket uchinchi kun kamaydi - 27 yanvar kuni 1186ta, 28 yanvar kuni 1152ta yangi holat aniqlangandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 67 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 30 nafari Andijon viloyatida,
  • 47 nafari Buxoro viloyatida,
  • 34 nafari Jizzax viloyatida,
  • 30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 59 nafari Samarqand viloyatida,
  • 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 39 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 116 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 52 nafari Xorazm viloyatida,
  • 102 nafari Toshkent viloyatida,
  • 453 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 51 nafar,
  • Navoiy viloyatida 15 nafar,
  • Samarqand viloyatida 13 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
  • Surxondaryo  viloyatida 7 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 71 nafar,
  • Toshkent shahrida 67 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210022 (+242) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1561 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 217 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: