27 yanvar kuni soat 21:30larda Ohangaron tumani “Gulobod” mahallasidan Parkent tumani “Qiziltog‘” qo‘rg‘oniga olib boruvchi yo‘lning chap tarafi yo‘l sathidan 3 metr pastlikda, qizil rangli chamadon ichidan yoshi taxminan 30–35 larda bo‘lgan, osiyo millatiga mansub ayol kishi murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.
Bu haqda xabar qilgan Toshkent viloyati prokuraturasi holat yuzasidan shu kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan.
Ayni damda murdaning shaxsi aniqlangan. Dastlabki tergovni viloyat prokuraturasi olib bormoqda.