Surxondaryoda “Kamaz” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli” haydovchisi vafot etdi

Jamiyat 20:41 / 27.01.2022 2052

Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida “Kamaz” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Jiguli VAZ-2106” mashinasi haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-100 avtomobil yo‘lining Qiziriq tumani “Kun chiqish” mahallasi hududidan o‘tuvchi 103-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Jarqo‘rg‘on tumani “Nurli diyor” mahallasida yashovchi Sh.S. boshqaruvidagi “Kamaz” yuk mashinasi bilan Jarqo‘rg‘on-Qiziriq yo‘nalishidagi  qarama-qarshi tomondan kelayotgan “Jiguli VAZ-2106” mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, “Jiguli” mashinasining haydovchisi A.Q. og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga tushgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bir necha kun o‘tib, A.Q. kasalxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: