“Sarosimaga tushmang, zarurat bo‘lganda ichki ishlar xodimlarining yordamiga tayaning” - IIV
102 tizimi odatiy rejimda ishlamoqda. Ichki ishlar vazirligi aholidan maxsus mashinalarga yo‘l berishni, imkon qadar avtomobildan foydalanmay turishni va yo‘l qoidalariga amal qilishni so‘radi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda elektr ta’minoti tiklanguniga qadar Ichki ishlar vazirligining barcha xizmatlari, shu jumladan yo‘l xarakati xavfsizligi tizimi jamoat tartibini saqlashga, yo‘llarda tartibni ta’minlashga jalb etilgan, fuqarolar va ularning mulklari xavfsizligi to‘liq ta’minlanishi nazoratga olingan, deya ma’lum qildi Ichki ishlar vazirligi.
Qayd etilishicha, 102 tizimi odatiy rejimda ishlamoqda.
“Fuqarolardan noodatiy vaziyatdan sarosimaga tushmasliklarini hamda tushunmovchiliklar yuzaga kelganda ichki ishlar organlari va maxsus xizmatlarning yordamiga tayanishlarini so‘raymiz.
Ko‘cha va yo‘llarda ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarishingizni, yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilishingizni, maxsus transport vositalariga yo‘l berishingizni, imkon tariqasida avtotrasport vositalaridan foydalanmasligingizni so‘raymiz”, – deyiladi Ichki ishlar vazirligi murojaatida.
Mavzuga oid

22:17 / 05.03.2025
Putinga politsiya xodimlari ommaviy ravishda xizmatdan bo‘shatilayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

23:04 / 04.03.2025
O‘zbekistonda transport tezligini qayd etishdagi xatolik soatiga 10 kilometrga qadar ko‘tarilishi mumkin

12:30 / 03.03.2025