O‘zbekiston aeroportlari faoliyati tiklandi
O‘zbekiston aeroportlari faoliyati tiklandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, Toshkent aeroporti faqat reyslarni qabul qilish uchun ishlamoqda. Mintaqaviy aeroportlar reyslarni qabul qilish va parvozga yo‘naltirishni boshladi.
Bundan oldin, O‘zbekiston aeroportlari faoliyati elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli to‘xtatilgandi.
Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Termiz, Qarshi, Urganch, Buxoro, Nukus va Samarqand aeroportlarida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar kuzatildi. Elektr energiyasi faqat Navoiy aeroportida mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga oid

09:27
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

17:10 / 07.03.2025