Surxondaryoda odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgan sud raisi ishdan olindi

Jamiyat 09:39 / 23.01.2022 12120

Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi Kamoliddin Xidirov odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani, sud ishini tashkil etishda beparvoligi va intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi Muattar Allayarova o‘z arizasiga asosan lavozimidan ozod etilib, vakolati muddatidan ilgari tugatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: