Xizmat mashinalaridagi registrator orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar markazlashtirilgan tizimga joylashtiriladi

O‘zbekiston 08:42 / 18.01.2022 5289

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Ichki ishlar vazirligining yo‘llarda transport oqimini hisoblash, tirbandliklar oldini olish va qidiruvda bo‘lgan transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishini aniqlash, transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni masofadan uzatish hamda harakatlanishini nazorat qilish imkoniyatini yaratuvchi “RFID” (Radio chastotani identifikatsiyalash texnologiyasi) tizimini (“RFID” tizimi) joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanadi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra 2023 yilning ikkinchi choragiga qadar “RFID” tizimini joriy etish doirasida Toshkent shahar va Toshkent viloyati hududida ro‘yxatga olingan transport vositalari ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish hamda ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazishda “maxsus belgi bilan jihozlangan stiker”lar bilan bepul ta’minlanadi.

Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasi:

  • 2022 yil uchun ko‘zda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida, tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasi va boshqa taqiqlanmagan mablag‘lar hisobiga barcha xizmat avtotransport vositalarini videoregistratorlar bilan to‘liq jihozlaydi;
  • xizmat avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni markazlashtirilgan tizimga (“jarima.uz” veb saytiga) joylashtirish choralarini ko‘radi;
  • xizmat avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 20 sentyabrdagi 747-son qarorining ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ko‘proq yangiliklar: