Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov G‘arb Rossiyaning takliflarini rad etgan taqdirda Moskva qanday harakat qilishini aytdi
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning javoblari turlicha bo‘lishi mumkin.

Foto: RIA Novosti
Agar G‘arb Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha takliflarini rad etsa, Moskva vaziyatni baholaydi, barcha omillarni hisobga olgan holda qaror qabul qiladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Agar takliflarimiz rad etilsa, biz albatta, vaziyatni baholaymiz, prezidentga yetkazamiz... Barcha omillarni, birinchi navbatda xavfsizligimizni ishonchli ta’minlashni hisobga olgan holda qaror qabul qilamiz", - dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning javoblari turlicha bo‘lishi mumkin.
"Men prezident Putin aytgan gapdan ortig‘ini aytolmayman... Javob turlicha bo‘lishi mumkin, bu harbiy ekspertlarimiz Rossiya prezidentiga beradigan takliflarga bog‘liq", - dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Lavrov shuningdek, g‘arblik hamkasblari, avvalo amerikaliklar voqealar rivojini kutmasdan qo‘llariga darhol "sanksiyaviy to‘qmoq"ni olishlarini qo‘shimcha qildi.
Moskva Vashington va uning ittifoqchilaridan NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish, Yevropadan AQSh yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
PPX va profilaktika inspektorlarining vakolatlari kengayishi mumkin
O‘zbekiston | 19:39
-
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31
-
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi
Jahon | 19:18
-
O‘qishni ko‘chirish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi
O‘zbekiston | 19:14
Mavzuga oid

19:18
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi

18:43
Xitoy Trampning tahdidlaridan keyin Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga va’da berdi

15:27
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi

15:24