Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda qancha talaba budjet hisobidan xorijda o‘qishi ma’lum qilindi
Joriy yilga mo‘ljallangan "El-yurt umidi" jamg‘armasi stipendiyalar kvotasi 420 o‘rin etib tasdiqlandi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga kvotalar ko‘paytiriladi.

Foto: stock.adobe.com
2022 yil uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari 420 o‘rin etib belgilandi. Bu haqda 12 yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida "El-yurt umidi" jamg‘armasi ijrochi direktori o‘rinbosari Javohir Ahmedov ma’lum qildi.
“Jamg‘arma tomonidan 140 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotning xorijda ta’lim olish uchun real ehtiyoji o‘rganilganda, jami 2068 o‘ringa, jumladan, bakalavriatga 253 o‘rin, magistraturaga 1259 o‘rin va doktoranturaga 556 o‘ringa ehtiyoj mavjudligi aniqlandi.
Mazkur ehtiyojlardan kelib chiqib, xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 2022 yilga mo‘ljallangan stipendiyalar kvotasi 420 o‘rin etib tasdiqlangan.
Jamg‘arma dasturlari kesimida bakalavriatga 120 o‘rin, magistraturaga 180 o‘rin va doktoranturaga 120 o‘rin ajratilgan”, - dedi direktor o‘rinbosari.
Ta’kidlanishicha, 2020 yildan boshlab har yili tanlov asosida tanlab olingan 20 nafargacha nogironligi bo‘lgan iqtidorli yoshlar xorijiy davlatga ta’lim olishga yuborilgan. Joriy yilda ushbu ko‘rsatkichni oshirishga ustuvor e’tibor qaratiladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, stipendiyaga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yil 10 yanvardan 10 fevralga qadar, saralash tanlovini o‘tkazish esa 10 fevraldan 10 martga qadar amalga oshiriladi.
Stipendiya tanlovlarida kimlar qatnasha oladi?
Javohir Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, jamg‘arma stipendiati bo‘lish uchun nomzodda xorijdagi rivojlangan mamlakatlardagi TOP-300talikka kiruvchi universitetlarning taklifnoma xati bo‘lishi kerak. Bu xatning mavjudligi o‘z navbatida jamg‘arma stipendiya tanlovlarida qatnashish imkonini beradi.
“ Mabodo, nozmod taklifnoma xati olgan universitet 300 talikka kirmagan bo‘lsa-yu, soha bo‘yicha 100talikka kiritilgan bo‘lsa, ular ham jamg‘arma stipendiya tanlovida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kelgusida “El-yurt umidi” stipendiatlaridan o‘zbek tili va adabiyotini bilish talab etilishi ma’lum qilingandi.
Shuningdek, stipendiatlarga yuridik shaxslardan tashqari jismoniy shaxslar ham moliyaviy kafil bo‘lishi mumkinligi hamda keyingi besh yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan xorijga o‘qishga yuboriladigan talabalar soni 700 nafarga yetkazilishi aytilgandi.
2021 yilning avgust oyida esa “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Ma’lumot o‘rnida, 2021 yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasiga mutaxassislarni xorijda tayyorlash uchun 142,6 mlrd so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2022 yilda bu mablag‘ 170 mlrd so‘mni tashkil qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi

16:09 / 13.05.2025
«El-yurt umidi» prezident stipendiyasi joriy etiladi

17:28 / 28.03.2025
«El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali xorijda o‘qiganlar ishga tanlovsiz olinadi

14:15 / 28.07.2024