Qiziltepa tumani To‘dako‘l suv havzasida baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi MChJning yollanma nazorat inspektorlari va baliqchilar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. MChJ inspektorlari ichki ishlar xodimi bo‘lishmasa ham, yuzlariga niqob taqqan holda bitadan foydalanishgan.
Viloyat IIB axborot xizmati munosabatiga ko‘ra, holat 7 yanvar kuni sodir bo‘lgan. To‘dako‘l suv havzasidagi “Golden like fish” MChJga tegishli baliqchilik bazasida nazorat inspektorlari va hududdagi baliq ovchilari o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan. Nazoratchi inspektorlar ovchilardan ichkariga kirishi uchun pasport nusxasi talab qilgan. Baliqchilar bundan norozi bo‘lib, ularning xizmat faoliyatiga to‘sqinlik qilgan hamda jamoat tartibini buzgan.
Ma’lum qilinishicha, qora rangli liboslar kiyib, yuzlariga niqob taqqan holda bitalar bilan xizmat olib borayotgan nazoratchi inspektorlar shartnoma asosidagi yollanma fuqarolar. Ular egnidagi libosi, vazirlik shevroni hamda bitalarni qayerdan olgani yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan. Shuningdek, tartibbuzarlik harakatlari va yuzaga kelgan janjal yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.