“Farzandlarim boshida ko‘cha tozalashimga qarshi chiqishgan” – ko‘cha supurib, “Shuhrat" medali olgan obodon ishchisi
Malohat Jakbarova 18 yildan buyon Bo‘ston tumani obodonlashtirish bo‘limida hududlarni qo‘lda tozalovchi bo‘lib ishlaydi. U shu davr davomida ko‘chalarni chiqindilardan tozalash bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Erta tongdan ko‘cha supurish bilan ishni boshlaydi.
Kun davomida chiqindilarni yig‘ib, tegishli mashinalarga yuklashga yordamlashadi.
"Farzandlarim bilan boshida ozgina tushunmovchilik bo‘ldi. Keyin hammasi o‘tib ketdi. Bu qilayotgan ishimni men yaxshi, savobli ish deb o‘ylayman. Ko‘chalarimiz toza, chiroyli tursa, odamlar bozorga, ishiga boradi. Atrof toza tursa, ularning kayfiyati ko‘tariladi," - deydi biz bilan suhbatda Malohat opa.
Qahramonimiz “Shuhrat” medalini olgan. Ko‘cha supurib ham medal olish mumkin, deydi u.
Abduvali Qurbonov
Tasvirchi va montaj ustasi Azizbek Ismoilov.
Mavzuga oid

11:10 / 26.02.2025
Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli binoda elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

13:16 / 11.01.2025
Obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil etiladi

16:19 / 28.12.2024
Yangi Toshkentda vazirlik va idoralar ishini tashkil etish uchun vaqtinchalik ma’muriy binolar qurilmoqda

14:23 / 11.09.2024