Xorijga chiqish biometrik pasportini Yagona portal orqali olish tartibi belgilandi

O‘zbekiston 08:40 / 07.01.2022 6158

Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun fuqarolar arizani o‘z xohishiga ko‘ra quyidagilardan biriga berishi mumkin: IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalariga kelgan holda; davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali.

Ariza berishda so‘rovnoma to‘ldiriladi, so‘rovnomada xato ma’lumotlar ko‘rsatilganda yoki hujjatlar to‘liq bo‘lmaganida, kamchiliklarni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kuni beriladi, xatolar bartaraf etilmasa so‘rovnoma rad etiladi.

Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun 3 ish kunida davlat bojini to‘laydi.

Ariza beruvchi arizasi qabul qilinganligi va fotosuratga tushish hamda qo‘l barmoq elektron izlarini olish uchun kelish kuni haqida 1 ish kunida xabardor qilinadi.

Xorijga chiqish biometrik pasporti 10 ish kunida beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: