Buyuk Britaniya O‘zbekistonda berilgan koronavirus sertifikatlarini rasman tan oladi

O‘zbekiston 12:02 / 07.01.2022 3321

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, bunda agar hujjat egasi quyidagi vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning to‘liq kursini tugatgan bo‘lsa, emlanganlik sertifikati haqiqiy deb tan olinadi: Covaxin, Moderna, Janssen (bitta doza), Novavax (Nuvaxovid va Covovax), Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinopharm Beijing, Sinovac-CoronaVac. 

Qayd etilishicha, sertifikatning tan olinishi emlangan O‘zbekiston fuqarolariga Buyuk Britaniyaga koronavirusga PZR testini taqdim etmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan o‘tish majburiyatidan ozod qiladi. PZR testi o‘rniga, kelgandan keyingi ikkinchi kuni faqat IFA testidan (lateral flow test) o‘tish lozim.

Bildirilishicha, batafsil ma’lumot Britaniya hukumati veb-saytida e’lon qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: