Maktablarda qishki ta’til uzaytirilmadi

O‘zbekiston 19:01 / 06.01.2022 16518

Qishki ta’til muddatining 24 yanvarga qadar uzaytirilishi O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga, shuningdek akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar o‘quvchilariga taalluqli.

Ammo umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’til muddati uzaytirilmagan, ilgari qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Ya’ni maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’tilning oxirgi kuni — 10 yanvar. III chorak darslari 11 yanvardan boshlanadi.

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28 dekabrdan boshlangandi. Bugun Oliy ta’lim vazirligi talabalar uchun qishki ta’til muddati uzaytirilgani haqida xabar berishi ijtimoiy tarmoqlarda yanglish fikrlarga sabab bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: