Putin 2022 yil boshida Belarus bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ma’lum qildi

Jahon 22:00 / 29.12.2021 9806

Fevral-mart oylarida Rossiya Belarus bilan hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

Lukashenko Belarus hududida hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qilgani va Rossiya bu borada tegishli qaror qabul qilishini xohlayotganini aytdi.

«Taklif qilganingizdek, yil boshida mashg‘ulotlar o‘tkazamiz. Fevralda yoki martda, buni harbiylar kelishishadi», — dedi Putin.

Shuningdek, Lukashenko Rossiya va Belarus hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni to‘xtatmasligi kerakligini aytdi.   

Putin va Lukashenko uchrashuvi Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tdi. Ikki mamlakat prezidentlari 28 dekabr kuni MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

Noyabr boshlarida Putin va Lukashenko Rossiya va Belarus integratsiyasini chuqurlashtirish bo‘yicha 28ta dasturni tasdiqlagandi. O‘shanda ular yangi harbiy doktrinani ham ma’qullagan.

Ko‘proq yangiliklar: