Wellness Hotel and Spa: Poytaxt mehmonlari uchun yulduzchalari va sifat uyg‘unligi mujassam turk mehmonxonasi

Jamiyat 17:00 / 28.12.2021 6820

Toshkentga biznes yo biror boshqa ish bilan bir necha kunga keldingizmi? Balki, shaharni aylanib, madaniy hordiq olmoqchidirsiz? Ehtimol, uzoqroq muddat qolarsiz? Maqsad qanday bo‘lmasin, Sizga qo‘nalg‘a kerak-ku, to‘g‘rimi?!

O‘zbekiston poytaxtida nima ko‘p – mehmonxona ko‘p. Yulduzlari hisobi bo‘yicha ham, ko‘rsatiladigan xizmatlar ko‘pligi bo‘yicha ham, sifatu e’tibor borasida ham variantlar yetarlicha. Sizga eng muhimi nima ekanligini o‘zingiz uchun aniqlashtirib olishingizga vaqt kerak. Keling, mana shu vaqtni tejang va Wellness Hotel and Spa mehmonxonasini tanlay qoling. Negaligini tushuntiramiz.

Foto: Wellness Hotel and Spa
Foto: Wellness Hotel and Spa

Bu yangi qurilgan mehmonxona shaharning eng obro‘li tumanlaridan birida joylashgan. Metro bekati yaqin, atrofda turli do‘konlaru yemakxonalar bisyor, shaharning eng e’tiborli nuqtalariga uzoq emas, transport va logistika borasida muammo yo‘q, va eng asosiysi, Siz katta ko‘cha yoqasidagi shovqindan uzoqdasiz – mahalla ichida joylashgan sokin go‘shada bemalol hordiq chiqarishingiz mumkin. Axir ish yo aylanishga shaharga chiqqach, baribir toliqasiz va Sizga orom kerak bo‘ladi.

Foto: Wellness Hotel and Spa

Ohorli, shinam xonalar kayfiyatni ko‘taruvchi ranglar va mebellar bilan jihozlangan. Fitness zal, basseyn, sauna ixtiyoringizda. Kamiga yoga bilan shug‘ullanib, massaj olishingiz ham mumkin. Xushmuomala xodimlar esa bir ishorangizga mahtal bo‘lib, xizmatga shay turishadi.

Foto: Wellness Hotel and Spa

Mehmonxonada kichik detallargacha ahamiyat berilgan. Ishoning, Siz bu yerda to‘xtab, nomer olgach, biror masalada boshingizni qotirmaysiz. Barchasini biz o‘ylaymiz va bajaramiz, Siz esa to‘lig‘icha asosiy yumushlaringiz va hordiqqa ixtiyor bering. Darvoqe, avtomobilda keladigan bo‘lsangiz, parking bobida ham muammo yo‘q.

Foto: Wellness Hotel and Spa

Mehmonxona sizga xushta’m taomlardan iborat katta menyuni taklif qiladi. Nonushtangiz yengil va mazali bo‘ladimi yo to‘yimli va energiyaga boy ovqatlar – ixtiyor Sizda: bu yerda “shvedcha stol” uslubidagi taklifdan istagancha tanovul qiling. Nonushtadan tashqari kunning istalgan paytida restoranimizda ta’bingizga ko‘ra turk va Yevropa taomlaridan bahra olishingiz mumkin.

Foto: Wellness Hotel and Spa

Shuncha maqtovlarga arzirmikin, deb o‘ylayotgandirsiz? Biz maqtov emas, faktlarni keltirdik va bu afzalliklar judayam demokratik, maqbul narxlarda Sizga taqdim etilishini alohida ta’kidlashni istardik.

Foto: Wellness Hotel and Spa

Turkiya va O‘zbekiston hamkorligida ochilgan mehmonxona egasi Ixsan Kurt janoblari mehmonxona biznesi sohasida 20 yildan ortiq faoliyatga ega. U bu yangi otelni qurish va foydalanishga topshirishda o‘z tajribasidan kelib chiqib, aksar otellarda kuzatiladigan kamchiligu xatolarni takrorlamay, qulaylik va ishonchlilikka urg‘u berganini ta’kidlaydi, toki Siz bu yerga kelarkansiz, o‘zingizni uyingizdagidek his qilishingiz Ixsan Kurt va uning personali uchun muhimdir.

Eshigimiz Siz uchun doim ochiq, hurmatli mehmon! 

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Xirmontepa 1-tor ko‘chasi.

Telefon: +998712031717, +998998951717

Web-sayt: wellnesshotel.uz

Telegram: t.me/Wellness_hotel_and_spa

Instagram: instagram.com/wellnesshotelandspa/?hl=ru

Facebook: facebook.com/Wellness-Hotel-and-Spa-100405022517229

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: