Shifoxonada davolanayotgan Saakashvili yana qamoqxonaga qaytarilishidan xabar topgach hushini yo‘qotdi

Jahon 10:17 / 28.12.2021 6955

U, shuningdek, o‘g‘lida “qon bosimi yuqoriligini, shu sababli gospital shifokorlari uning qamoqxonaga o‘tkazilishini to‘xtatishganini” ma’lum qilgan.  

O‘z navbatida, Saakashvilining shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze Goridagi gospitalga hech qanday tushuntirishsiz kiritilmaganini ma’lum qilgan. Uning fikricha, Saakashvilini hozirgi ahvolida qamoqxonaga yuborib bo‘lmaydi, uni ko‘p tarmoqli shifoxonada davolash lozim.

Kipshidzening ta’kidlashicha, Saakashvilini qamoqxonaga o‘tkazish qarori gospital shifokorlaridan birining xulosasiga ko‘ra adliya vazirligi tomonidan qabul qilingan.

“Men shifokorlardan qaysi biri Saakashvilining sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotnomani imzolaganini bilmayman, biroq bunday hujjatni imzolab bo‘lmaydi. Saakashvili hozirda o‘rta og‘irlikdagi bemor bo‘lib, uni hech qanday vaziyatda qamoqqa jo‘natib bo‘lmaydi. Bir necha soat oldin u sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ruhiy jarohat oldi”, deb aytgan mutaxassis.

Kipshidze Saakashvili yana ochlik e’lon qilishi mumkinligi haqida xavotirli xabarlar paydo bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

“Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, yo‘qsa Mixaildan ayrilib qolishimiz mumkin. Men u davolanish uchun ko‘p tarmoqli klinika yoki xorijga o‘tkazilishini qat’iy talab qilaman”, deb aytgan Saakashvilining shifokori.

Saakashvili 29 sentyabrda Gruziyaga yashirincha qaytgandan keyin 1 oktyabrda Tbilisida hibsga olingandi. Shundan keyin u Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirilgan va bunga norozilik sifatida ochlik e’lon qilgan. 8 noyabrda u yaqinlari va advokatlari bilan kelishilmagan holda qamoqxonadan dastlab Tbilisidagi turma shifoxonasiga, u yerdan 20 noyabrda Goridagi harbiy gospitalga o‘tkazilgan.

Ko‘proq yangiliklar: