Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
Hodisa oqibatida uch kishi voqea joyida vafot etgan, yana uch kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ular orasida avtobus yo‘lovchilari yo‘q.

Foto: Zakon.kz
Qozog‘istonning Olmaota viloyatida o‘zbekistonliklar bilan to‘la avtobus Mercedes-Benz E-Class rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yengil mashina ustiga ag‘darilgan. Zakon.kz xabariga ko‘ra, hodisa Olmaota-Bishkek avtomobil yo‘lining 105 kilometrida sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida uch kishi halok bo‘lgan va yana uch kishi jarohat olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.
Baxsiz hodisaga yo‘llar muz bilan qoplangani sabab sifatida ko‘rsatilgan. Mercedes sharqiy yo‘nalishda Olmaota tomonga, avtobus esa g‘arbiy yo‘nalish bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan.

Mercedes-Benz haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomondagi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida avtobus bilan to‘qnashgan. Oqibatda avtomobil yo‘l chetiga chiqib ketgan, avtobus esa uning ustiga yiqilgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus O‘zbekiston fuqarolari bilan to‘la bo‘lgan, Mercedes’da esa olti kishi bo‘lgan.
Vafot etganlarning barchasi Mercedes yo‘lovchilari bo‘lgan. Jarohatlangan to‘rt kishidan ikki nafari haydovchilar. Avtobus haydovchisi jiddiy jabrlanmagan va tibbiy yordam ko‘rsatilgach, uyiga ketgan. Mercedes haydovchisi o‘ziga kelgan, qolgan ikki nafar yo‘lovchi og‘ir ahvolda qolmoqda.
Avtobus yo‘lovchilariga jiddiy shikast yetmagan va ular boshqa transport vositasi yetib kelgunga qadar, havo juda sovuq bo‘lgani sabab gulxan yoqib tashqarida isinishgan.
Voqea Olmaota viloyati tergovchilari tomonidan o‘rganilmoqda, ekspertiza o‘tkazilishi belgilangan.
«Yengil avtomobilda olti kishi bo‘lgan: ulardan uch nafari voqea joyida vafot etgan, yana uch nafari turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. YTHda avtobus yo‘lovchilari jabrlanmagan», deyilgan Olmaota viloyati YTH matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

20:30 / 10.07.2025
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

19:06 / 20.04.2025
Qozog‘istonda o‘tkazilgan yarim marafon vaqtida ikki kishi vafot etdi

17:55 / 09.04.2025
Qozog‘istonda ota-ona qaramog‘isiz qolgan to‘qqiz nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

12:17 / 25.03.2025