Avstriya sobiq kansleri Sebastyan Kurs AQShdagi investitsiya kompaniyasiga ishga joylashdi, deb xabar berdi Österreich nashri.
Qayd etilishicha, Kurs yangi ish joyida yiliga 500 ming yevro maosh oladi. U kansler lavozimida yiliga 270 ming yevrodan ko‘proq maosh olardi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Kurs AQShga oilasi bilan ko‘chib o‘tadi.
Sebastyan Kurs 2 dekabr kuni siyosatdan ketishini e’lon qilgandi.
18 noyabrda Avstriya parlamenti Sebastyan Kursni deputatlik daxlsizligidan mahrum qilgandi. Mamlakat sobiq hukumat rahbari korrupsiya ishida gumonlanganidan so‘ng lavozimini tark etgan.