Surxondaryoda fuqarolarning telefonlarini tortib olgan talonchilar qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida fuqarolarning telefonlarini tortib olib, talonchilik jinoyatini sodir qilgan shaxslar qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 8 noyabr kuni Uzun tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, S.Sherzod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z arizasida 2021 yil 7 noyabr kuni soat 21:30larda, mahalladoshi, D.Doston bilan birga tumanning Obizarang mahallasi hududida yurganida noma’lum shaxslar 1 dona 1,8 million so‘mlik “Redmi A9” va 1 dona 300 ming so‘mlik “Nokia” rusumli telefonlarini olib, qochib ketishganini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni tumanning Obizarang mahallasida yashovchi I.Ilyos, N.Nodir, K.Kamol va D.Damin sodir etgani aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 14 noyabr kuni I.Ilyos, N.Nodir, K.Kamol va D.Daminga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

17:30
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

11:50 / 10.02.2025
Surxondaryoda katta miqdordagi giyohvandlik moddalari qo‘lga olindi

10:51 / 10.02.2025
Qashqadaryoda surxondaryolik haydovchilar toshbo‘ron qilingani haqidagi xabar rad etildi

20:53 / 31.01.2025