Endilikda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining imtiyozli moliyaviy ko‘magi bilan mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik, parrandachilik, shuningdek go‘sht va sut mahsulotlarini qayta ishlash sohalarida yangi loyihalar amalga oshiriladi.
Shuningdek, uchrashuvda JICA hamda Yaponiya Fan va texnologiya agentligi (JST) tomonidan amalga oshirilayotgan SATREPS dasturi doirasida «Qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish hamda fermer va dehqon xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash» loyihasining chorvachilik, baliqchilik va ozuqa bazasini yaxshilash yo‘nalishlarida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ishtirok etishiga kelishildi.
Muloqot so‘ngida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash maqsadida 2022 yilning yanvarida Yaponiya veterinariya va chorvachilik sohasi ekspertlarining yurtimizga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati Ⓣ