2021 yilda 125 kishi is gazidan zaharlanib olamdan o‘tgan - FVV

Jamiyat 13:45 / 15.12.2021 6239

2021 yil 15 dekabrga qadar O‘zbekistonda is gazidan zaharlanish va havo-gaz aralashmasi chaqnashi tufayli 125 kishi vafot etgan, 115 kishi jabrlangan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg‘i (ko‘mir, o‘tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik oqibatida yuzaga kelmoqda.

Gaz-havo aralashmasi natijasida chaqnash, portlash hamda yong‘inlarning sodir bo‘lishi ham xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik sabab yuz bergan.

Tahlillarga qaraganda, yong‘inlarning 36,3 foizi elektr uskunalarini noto‘g‘ri ishlatish, 27, 1 foizi ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, 13, 6 foizi isitish pechlarini qurish va ishlatish qoidalarining buzilishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Qish mavsumida o‘rtacha har 3 ta yong‘indan biri isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish yoki nosoz va nostandart isitish moslamalarining ishlatilishidan kelib chiqqan. 

Ko‘proq yangiliklar: