Toyota Motor Corp prezidenti Akio Toyoda kompaniya taqdimotida ekologik sofroq avtotransportni rivojlantirish va atrof-muhitga chiqariladigan chiqindilar hajmini qisqartirish bo‘yicha rejani taqdim etdi. Bu rejaning asosiy yo‘nalishlari elektr privodda harakatlanuvchi gibrid va to‘liq elektrlashgan yangi avtomobillarni ishlab chiqish va ommaviy ravishda ishlab chiqarishdan iborat.
“Avvallari men to‘liq elektrlashgan avtomobillar ishlab chiqarilishiga uncha qiziqish bildirmaganman. Biroq hozirda buning aksi”, deb tan olgan kompaniya rahbari.
Kompaniyada ta’kidlanishicha, bu maqsadga erishish uchun 70 mlrd dollar sarmoya qilinadi. Bu summaning yarmini 2022 yildan 2035 yilgacha ajratish rejalashtirilgan.
Buning natijasida Toyota 2030 yilga kelib elektromobillari savdosi yiliga 3,5 mln mashinani tashkil qilishiga umid qilmoqda. Bu vaqtgacha kompaniya mijozlarga Toyota va Lexus brendlari ostida 30 ta modeldagi elektromobillarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Elektromobillar sedan, yo‘ltanlamas, ixcham avtomobillar, tijorat transport vositalari segmentlarida ishlab chiqariladi.
Taqdimot davomida kompaniya kelgusida ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan 16 ta elektromobil konseptini namoyish qilgan.
Ayni vaqtda kompaniyaning modellar qatorida bor-yo‘g‘i bir dona seriyali ishlab chiqariluvchi elektr model - bZ4X krossoveri mavjud.