Qandli diabetni davolash uchun innovatsion dori vositasidan O‘zbekiston Respublikasidagi bemorlar ham foydalanishi mumkin bo‘ladi

Jamiyat 15:30 / 13.12.2021 12723

TOShKeNT/O‘ZBeKISTON – 2021 yil 10 dekabr – Toshkent shahridagi ilmiy anjuman vaqtida Sanofi Kompaniyasi yangi avlod bazal insulinini taqdim etdi, endi ushbu dori vositasidan O‘zbekiston Respublikasida qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorlar ham foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

Foto: Sanofi

Bazal insulin o‘n yillar davomida qandli diabetni davolashning asosiy komponenti sifatida foydalanib kelinayotganiga qaramasdan, butun dunyoda hanuzgacha mazkur kasallikni davolash bilan bog‘liq bir qator qiyinchiliklar mavjud: qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorlarning taxminan yarmi davolashni orqaga surishlari tufayli terapiyaning maqsadlariga erisha olmaydilar [1-6], dori vositalarini kiritishning murakkab sxemasi, ularga nisbatan betoqatlik hamda talab etilgan natijalarga erishilmaslik esa davolanishga bo‘lgan moyillik darajasi past bo‘lishining asosiy omillari bo‘lib qolmoqda.

Foto: Sanofi

Innovatsion dori vositasining qo‘llanishi davolanishga nisbatan moyillikni oshiradi: yangi avloddagi bazal insulin kuniga bir mahal qo‘llanadi, tarkibining xavfsizligi va samaradorligi esa ilmiy jihatdan isbotlangan [7].

Foto: Sanofi

Dori vositasi bir martalik ixcham shprits-dasta ko‘rinishida ishlab chiqariladi, bu bemorlar uchun doza/miqdorni tanlashda qulaylik yaratadi.

Dori vositasi 24 soatdan ko‘proq vaqt davomida ta'sir qiladi, bu esa zarurat tug‘ilganda, dori vositasini kiritish vaqtini odatiy inʼeksiya vaqtidan 3 soat oldingi yoki 3 soat keyingi vaqt oralig‘idagi bemor uchun qulay bo‘lgan vaqtga o‘zgartirish imkonini beradi.

Foto: Sanofi

Shunday qilib, terapiyaning samaradorligi va qo‘llashning soddaroq sxemasi bemorlar orasida davolashni muddatidan avval to‘xtatishlar sonini kamaytirishga ko‘maklashadi.

 Bugungi kunda katta yoshli odamlarning o‘ndan bir qismi qandli diabet bilan kasallangan bo‘lib, bu dunyo bo‘yicha yoshi 20 dan 79 gacha bo‘lgan 537 million nafar kishini tashkil qiladi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, 2019 yilda bu son 563 million kishini tashkil qilgan. 2021 yilda diabet 6,7 million kishining o‘limiga sabab bo‘ldi [8]. O‘zbekistonda qandli diabetdan aziyat chekuvchi bemorlarning soni 2020 yilda 257 457 kishini tashkil qilib, ulardan 3263 nafari 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlardan iborat [9].

“Deyarli yuz yil davomida Sanofi butun dunyo bo‘ylab qandli diabet bilan kasallangan odamlar uchun innovatsion yechimlarni taqdim etib keladi. Dori vositasining O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilishi bilan Sanofi qandli diabetning 1- va 2-turlari bilan kasallangan insulinga muhtoj katta yoshdagi bemorlar, o‘smirlar va 6 yoshdan katta bolalar uchun davolanishning yangi imkoniyatlarini taqdim etadi. Dori vositasining chiqarilishi ushbu kasallikni davolash sifatini yanada yaxshilashga bo‘lgan intilishimizni yanada kuchaytiradi, chunki tarkibi va kuniga bir marta qabul qilish rejimi bemordagi davolanishga bo‘lgan moyillikni oshirishga yordam beradi hamda terapiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishishga yordam beradi”, – qayd etdi Yevrosiyo Sanofi Foundation biznes bo‘linmasi rahbari Vitaliy Bistryukov.

Dori vositasi Yevropa, AQSh va boshqa ko‘plab mamlakatlarda EDITION global klinik tadqiqot dasturi, dori vositasining samaradorligi va xavfsizligini baholashga bag‘ishlangan uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalari asosida ro‘yxatga olingan. Tadqiqotlarda qandli diabetning 1- va 2-turlari bilan kasallangan va avvalgi joriy davolanishning yetarli darajada nazorat qilinishiga erisha olmagan 3500 dan ortiq katta yoshdagi bemorlar ishtirok etdi, [10-15].

Foto: Sanofi

Sanofi haqida

Sanofi – global biofarmatsevtik kompaniya bo‘lib, uning missiyasi sog‘lig‘ida muammolarga duch keladigan odamlarga yordam ko‘rsatishdan iborat. Bizda ishlab chiqarilgan vaksinalar yordamida odamlarni kasalliklardan himoya qilishga intilamiz, bizning preparatlarimiz esa ham kam uchraydigan, ham keng tarqalgan surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarda ko‘pgina kasalliklar yengil kechishiga va ularning hayoti sifatini oshirishga yordam beradi.

Dunyoning 100 ga yaqin mamlakatlarida ishlaydigan Sanofi kompaniyasining 100 mingdan ortiq xodimlari ilmiy innovatsiyalarni sog‘liqni saqlash sohasidagi aniq yechimlarga aylantirish ustida faoliyat olib boradilar.

OAV uchun aloqa qilish bo‘yicha ma'lumotlar

Kommunikatsiyalar bo‘limi rahbari

Nadejda Labodovskaya

Tel.: +7 (701) 788-45-32

E-mail: CentralAsia.Communication@sanofi.com

www.sanofi.kz

1.    Shiramoto M. va boshqalar. Qandli diabet, semizlik, metabolizm. 2015;17(3):254-60. Chiqarilgan sana: 10.1111/dom.12415.

2.    Banegas Dj. R. va hammualliflar. Yevropa Xartiyasi. Dj. 2011;32(17):2143-52. Chiqarilgan sana: 10.1093/eurheartj/ehr080.

3.    Shtark Kasagrande S. va hammualliflar. Qandli diabetni davolash. 2013;36(8):2271-9. Chiqarilgan sana: 10.2337/dc12-2258.

4.    Chan Dj.S.N. va hammualliflar. Qandli diabetni davolash. 2009;32(2):227-33. Chiqarilgan sana: 10.2337/dc08-0435.

5.    Choy I.Dj. va hammualliflar. Qandli diabetni davolash. 2009;32(11):2016-20. Chiqarilgan sana: 10.2337/dc08-2228.

6.    Shtaynberg B.A. va hammualliflar. Amerika yurak jurnali (American Heart Journal) 2008;156(4):719-27. Chiqarilgan sana: 10.1016/j.ahj.2008.05.020.

7.    Vouri C.M. va hammualliflar. Boshqariladigan xizmatlar va maxsus dori-darmonlar jurnali (Journal of Managed Care & Specialty pharmacy: JMCP). 2011;17(4):304-12.

8.    International Diabetes Federation. IDF Diabetes Atlas, 10th Edn. Brussels, Belgium: International Diabetes Federation, 2021. diabetesatlas.org.

9.    10.11.2020 yildagi RSMM Endokrinologiya bo‘limining original usullari.

10.  Riddl M.K. va hammualliflar. Qandli diabetni davolash. 2014;37(10):2755-62. Chiqarilgan sana: 10.2337/dc14-0991.

11.  Iki-Yarvinen X. va hammualliflar. Qandli diabetni davolash. 2014;37(12):3235-43. Chiqarilgan sana: 10.2337/dc14-0990.

12.  Bolli G.B. va hammualliflar. Qandli diabet, semizlik, metabolizm. 2015: epub formatida. Chiqarilgan sana: 10.1111/dom.12438.

13.  Xoum P. va hammualliflar. 2014 yil 15-19 sentyabrda Vena shahrida Yevropa qandli diabetni o‘rganish assotsiatsiyasi yig‘ilishida taqdim etilgan 148-sonli og‘zaki ma'ruza. easdvirtualmeeting.org/resources/16864 saytida taqdim etilgan. Sana: 2015 yil aprel.

14.  Matsuxisa M. va hammualliflar. 2014 yil 15-19 sentyabrda Vena shahrida Yevropa qandli diabetni o‘rganish assotsiatsiyasi yig‘ilishida taqdim etilgan 975-sonli ma'ruza. easdvirtualmeeting.org/resources/17806 saytida taqdim etilgan. Sana: 2015 yil aprel.

15.  Terauchi I. va hammualliflar. 2014 yil 15-19 sentyabrda Vena shahrida Yevropa qandli diabetni o‘rganish assotsiatsiyasi yig‘ilishida taqdim etilgan 976-sonli ma'ruza. easdvirtualmeeting.org/resources/17807 saytida taqdim etilgan. Sana: 2015-yil aprel.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: