Mukammal va shinam, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Central Palace Hotel” mehmonxonasi mijozlar uchun o‘z eshiklarini ochadi.
Yangi premium-klassdagi mehmonxona hashamat va hamyonbop narxlar uyg‘unligini yaratish orqali mehmonlarga qulaylik yaratgan. “Standard”, “Deluxe” va “Luxe” toifadagi xonalarning barchasi zamonaviy standartlar asosida jihozlangan bo‘lib, ularda:
- Eng qulay yotoq va yumshoq mebellar;
- Sun'iy iqlim nazorati tizimi;
- Mini-bar;
- Muzlatkich;
- Seyf;
- Zamonaviy elektron qulf tizimi;
- Bepul Wi-Fi;
- Sun'iy yo‘ldosh televideniyesi;
- Qur'on;
- Joynamoz;
Tasbeh va qibla ko‘rsatkichi bor. Mehmonxonada xalqaro halol standartlariga muvofiq holda xizmat ko‘rsatiladi. Xonalardagi panorama derazalardan poytaxtning serdaraxt xiyobonlari ko‘rinishi esa insonga cheksiz zavq va motivatsiya beradi.
Shinam va eksklyuziv konferens-zalda turli marosim va tadbirlarni yuqori darajadagi xush kayfiyatda o‘tkazish mumkin. Tadbirlar uyushtirishda zal ko‘rinishi mijozlarning istaklarini hisobga olgan tarzda o‘zgartiriladi.
Bundan tashqari, mehmonlar uchun fitnes zal, yopiq basseyn, fin saunasi doim tayyor. “Central Palace Hotel”da qo‘nim topgan mehmonlar uchun o‘zining unutilmas taomlari bilan “Zohid-Kabob” restorani doim xizmatga shay turibdi.
Mehmonxona ko‘p yillik tajribaga ega Hotel Pro jamoasi tomonidan boshqariladi va bu tajriba har bir mijozga xizmat ko‘rsatishda alohida yondashuv borligida seziladi.
Toshkentning eng bahavo hududida joylashgan mehmonxona atrofi yashil xiyobonlar bilan o‘ralgan. Bu yerdan shaharning istalgan nuqtasiga yetib olish uchun qulay transportlar, yirik savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlar barchasini mehmonxonaning yonginasidan topish mumkin.
“Central Palace Hotel” – oliy darajali xizmatlar va o‘zini qadrlaydiganlar uchun ma'qul maskan hisoblanadi.
Buyurtma uchun bizga qŭng‘iroq qiling:
Manzilimiz:
Mirobod tumani, Yakkachinor ko‘chasi 2/1
Mo‘ljal: Metroning Kosmonavtlar bekati