“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korrupsiyaga qarshi va sifat menejmenti xalqaro standart sertifikatlarini qo‘lga kiritdi

Jamiyat 15:30 / 09.12.2021 5999

Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish va sifatni boshqarish masalalari nafaqat respublika korxonalari va tashkilotlari, balki umuman davlatning iqtisodiy manfaatlari diqqat markazida. Respublika rahbariyati tomonidan iqtisodiyotning barcha sohalaridagi tashkilotlarda xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish tizimini joriy etishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013-sonli farmoni hamda ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari – foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti ijrosini ta'minlash maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “Cert international” xalqaro sertifikatlash organi tegishli auditdan o‘tkazilib, ISO 37001:2016 bo‘yicha xalqaro sertifikat qo‘lga qiritildi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Bu borada “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, o‘tgan davr davomida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro talablarga javob beradigan 10 dan ortiq ichki-me'yoriy hujjatlar, korrupsiya risklarini kamaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi, doimiy ravishda korrupsiya va unga qarshi kurashish usullari, Jamiyatda komplayens-nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha mas'ul rahbarlar va tarkibiy tuzilma xodimlari ishtirokida an'anaviy vebinar kurslari o‘tkazib kelinmoqda.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

Shuningdek, sifat menejmenti tizimining xalqaro standarti ijrosini ta'minlash maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ “Cert international” xalqaro sertifikatlash organi tegishli auditdan o‘tkazilib, ISO 9001:2015 bo‘yicha xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Foto: Issiqlik elektr stansiyalari

ISO 9001:2015 standarti “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining amalga oshirilayotgan ishlar va xizmatlar sifatini rivojlantirish, respublika energetika bozorida samarali faoliyat yuritish, ishlab chiqarish faoliyatini jahonda tan olingan mexanizmlar asosida tashkil etish, mavjud moliyaviy, texnik va kadrlar resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash va boshqaruv tizimini optimallashtirish sohasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini tasdiqlaydi.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati  

Ko‘proq yangiliklar: