GLAMOUR COSMETICS: yangi kosmetik mahsulotlar taqdimoti

Jamiyat 17:00 / 09.12.2021 7676

GLAMOUR COSMETICS 2016 yildan boshlab xorijdagi kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi qator kompaniyalar bilan hamkorlik qilib keladi. Ular orasida kompaniyalararo eksklyuziv shartnomalar ham imzolangan. Bunday imkoniyat, o‘z navbatida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan sotuv nuqtalariga qulay narxlarda mahsulotlarni yetkazib berishni ta'minlaydi.

Foto: Glamour Cosmetics

Taqdimot marosimida bir necha yillar davomidagi hamkor Vasu Healthcare kompaniyasi tomonidan sochlarni sog‘lomlashtiruvchi TRICHUP brendining yangi seriyasi omma e'tiboriga havola etildi. Ushbu seriya xalq talabiga va hududimizga mos ravishda ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘zida o‘sma o‘simligi ekstrakti va moyini mujassam etadi. Shuningdek, yuz parvarishiga mo‘ljallangan qator kosmetik vositalar taqdimoti bir qator savdo nuqtalari egalari tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.

Foto: Glamour Cosmetics

Vasu Healthcare kompaniyasi Hindistonning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, 1980 yildan boshlab fitofarmatsevtik muolajalarga mo‘ljallangan tabiiy kosmetik vositalarini ishlab chiqaradi. Kompaniyaning ishlab chiqarish infratuzilmasi ayurved mahsulotlarga qaratilgan ilmiy-tekshiruv laboratoriya natijalariga asoslangan. Xalq tabobatida ahamiyatli o‘ringa ega ayurveda 5000 yil avval Qadim Hindistonda shakllangan va shu kungacha sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etib keladi. Ayurveda nazariyasi Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tomonidan tan olingan hamda uning inson turmush tarzidagi ahamiyati alohida belgilangan.

Bugungi kunda tabiiy mahsulotlar nafaqat profilaktik maqsadlarda, balki sog‘liqni mustahkamlash va mavjud kasalliklarning oldini olishda qo‘llanayotgani bois, ayurved mahsulotlarga belgilangan talab darajasi kundan kunga oshib bormoqda. Jumladan, Vasu Healthcare mahsulotlari dunyoning 50 dan ortiq davlatiga eksport qilinib, urologiya, ortopediya, pediatriya, ginekologiya, teri, soch parvarishi va boshqa tarmoqlarda keng qo‘llanib kelinmoqda. Ishlab chiqarish jarayoni hamda mahsulotlar ISO 9001, GMP va HACCP standarti talablariga javob beradi.

Foto: Glamour Cosmetics

Hozirda ikkala kompaniya tomonidan faoliyatni mustahkamlash va rivojlantirish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. E'tiborlisi, mahsulotlar aynan bizning hududga mos ravishda ishlab chiqarilishi har ikkala kompaniyaning rivojlanish tendensiyasiga ta'sir qilayotganini kuzatish mumkin. Jumladan, hamkorlik davomida aynan 2021 yildagi sotuv hajmi 2020 yilga nisbatan 269 foizga oshgani, 2021 yildagi umumiy sotuv hajmi esa hamkorlik boshlangan 2019 yilga nisbatan  652 foizlik o‘sishni namoyish etdi.

2022 yilda «GLAMOUR COSMETICS» kompaniyasining asosiy strategik vazifalaridan biri – xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish, mavjud hamkorlik samaradorligini oshirish hamda savdo do‘konlarini sifatli mahsulotlar bilan ta'minlashdan iborat.

Foto: Glamour Cosmetics

Jumladan, joriy yilning noyabr oyida kompaniya tomonidan Polshaning Vollare, Turkiyaning Inci, Lollis va Germaniyaning Arcaya kosmetik brendlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalar imzolandi. Bu o‘z navbatida, 2022 yilda bozorni sifatli mahsulotlari bilan ta'minlash — kompaniyaning asosiy strategiyasidan biri ekanini ko‘rsatadi. Demakki, yuqorida aytib o‘tilgan brendlarning mahsulotlari yaqin vaqt ichida xalqimiz orasida o‘z o‘rnini topadi.

Foto: Glamour Cosmetics

Bugungi kunga kelib, GLAMOUR COSMETICS kompaniyasi 2 mingga yaqin savdo nuqtalariga xorij kosmetik mahsulotlarini yetkazib bermoqda. Ular orasida sotuvda yetakchilik qilib kelayotgan savdo nuqtalari egalari yuqorida aytib o‘tilgan tadbirga taklif etildi va motivatsion sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Eng faol hamkorlarga chet el sayohatiga vaucher hamda Damas rusumli avtomobillar topshirildi.  

Foto: Glamour Cosmetics

Shuningdek, tadbirda savdo hamkorlaridan tashqari Vasu Healthcare kompaniyasining bosh direktori Janob Xardik Ukani hamda “Xalqaro biznes” bo‘limi boshlig‘i janob Maxavirsingx Vala ham ishtirok etdi.

«GLAMOUR COSMETICS» kompaniyasi taklif etayotgan mahsulotlar bilan www.banafa.uz veb sayti orqali tanishishingiz mumkin.

Hamkorlik uchun: +998 95 177-00-05.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: