Halol kosmetika - uning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?

Jamiyat 11:00 / 26.06.2020 16619

Halol kosmetika nima? Mahsulot tarkibining o‘ziga xosliklari va ishlab chiqarishning axloqiy tamoyillari

Halol – bu mahsulot tarkibida taqiqlangan ingrediyentlarning yo‘qligi bo‘libgina qolmay, balki u butun bir falsafadir. Halol kosmetika ishlab chiqaruvchilari: «Odamlar bemulohaza iste'molchilar emas, balki o‘simliklar va hayvonlar singari tabiatning tabiiy qismidir», degan postulatdan kelib chiqqan holda, insonlar go‘zalligi va ularning o‘rab turgan dunyoga g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadilar.

Kosmetikani tanlashda tarkibni diqqat bilan o‘rganib chiqish lozim. Hatto organik (natural) kosmetika ham har doim halol bo‘lavermasligini yodda tutish kerak.

Organik kosmetikani yaratishda konservantlar, pestitsidlar, kimyoviy o‘g‘itlar, antibiotiklar va GMO (genetik modifikatsiya organizmlar)lardan foydalanilmaydi. U faqat tabiiy komponentlardan tayyorlanadi. Bu hech qanday zararli kimyoviy moddalar organizmga kirmasligini ta'minlaydi.

Diniy ko‘rsatmalarga rioya qilmaydigan, ammo ekologik toza kosmetik vositalarni qidirayotgan iste'molchilar uchun shuning o‘zi yetarli. Yagona salbiy jihat – tabiiy komponentlarga nisbatan allergiya bo‘lishi mumkin.

Halol kosmetika tarkibida qat'iy ravishda etil spirti va hayvonlarning yog‘lari bo‘lmaydi. Tarkibga bunday yondashuv Islom talablariga ko‘ra belgilangan.

Halol kosmetik vositalarning asosiy iste'molchilari shariat qoidalariga rioya qiladigan musulmonlar bo‘lib, ular faqat joiz bo‘lgan mahsulotlardan foydalanadilar.

Qoidalarga ko‘ra, musulmonlarga dorivor va gigiyena vositalaridan ularning tarkibida taqiqlangan ingrediyentlar, masalan, cho‘chqa yog‘i, hayvonlar va hasharotlar ekstraktlari (ular ko‘pincha bo‘yoq sifatida ishlatiladi) mavjud bo‘lmagan taqdirda sochlar, yuzlar va tana terilari uchun foydalanishga ruxsat berilgan. Shariatdagi asosiy narsa bu – mahsulotning diniy jihatdan tozaligidir.

«Halol» belgili mahsulotlarni sotib olishga harakat qilish kerak

Rossiyada allaqachon Islom ko‘rsatmalariga muvofiqlik sertifikatidan o‘tgan bir qator ishlab chiqaruvchilar mavjud. Musulmon mamlakatlarida ishlab chiqarilgan kosmetik vositalarni sotib olish mumkin, ammo bu mahalliy muqobillarga qaraganda qimmatroq bo‘ladi.

Kosmetika markasida «Halol» sertifikatining yo‘qligi uning mahsulotlarini avtomatik ravishda musulmonlar uchun zararli va nojoiz deb hisoblashga sabab bo‘lmaydi. Ko‘pgina kompaniyalar tekshirilgan xomashyolardan yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaradilar, ammo etil spirti va hayvonlarning yog‘larini (ayniqsa cho‘chqa yog‘i) ishlatadiganlari ham ko‘plab uchrab turadi.

Har kuni teriga surtiladigan yuz kremida, shuningdek, doimiy foydalaniladigan shampun yoki soch niqobida ham cho‘chqa yog‘i qoldiqlari borligi hech kimda yoqimli his-tuyg‘ularni uyg‘otmaydi, ammo musulmonlar uchun bu gunoh hamdir.

«Halol» sertifikati mahsulotda taqiqlangan va zararli ingrediyentlar yo‘qligiga kafolat beradi.

Halol kosmetika ishlab chiqaruvchilari hayvonlarga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lishdan qochgan holda, o‘z mahsulotlarining sifatini sinash uchun muqobil usullardan foydalanadilar.

Ko‘pincha bu usullar nafaqat insonparvarlikni aks ettiradi, balki aniqroq natija ham beradi. Ularning samaradorligiga tarkibi inson hujayralariga o‘xshash in vitro maxsus hujayralarini yetishtirish orqali erishiladi. Bu aniq natijani beradi, shuningdek allergik reaksiyalar yo‘qligini yuqori darajada kafolatlaydi.

Shunday qilib, Halol kosmetika o‘zida insonlarga, hayvonlarga va tabiatga g‘amxo‘rlikni uyg‘unlashtiradi.

Retsepturani bunday chuqur o‘rganish, yuqori sifatli xomashyolardan foydalanish, ishlab chiqarish standartlariga muvofiqlik va jiddiy laboratoriya sinovlari yakuniy mahsulot narxiga ta'sir qilishi aniq. Halol kosmetika arzon bo‘lishi mumkin emas.

Halol kosmetika mahsulotlarini ishlab chiqarishning axloqiy prinsiplari atrof-muhitga g‘amxo‘rlik, pestitsidlar, zararli yoki shubhali qo‘shimchalar bo‘lmagan organik ingrediyentlardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasiga qat'iy rioya qilish va iste'molchilar uchun ayniqsa yoqimli jihat – adolatli savdo tamoyillariga rioya qilishni ko‘zda tutadi.

Bizning mamlakatimizda halol kosmetika bozori rivojlanmagani sababli juda ko‘pchilik undan foydalana olmaydi.

To‘g‘ri, xorijiy brendlar bor, uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar ham bor. Ammo birinchi toifadagi tovarlarni yuqori narxi tufayli ko‘pchilik xarid qila olmaydi, uy sharoitida tayyorlangan mahsulotlar esa Halol retseptura qoidalari va xavfsizlik me'yorlariga javob bermaydi.

Halol kosmetika vegetarianlar uchun ham qiziq.

Halol kosmetika – ruh va tanaga g‘amxo‘rlik

Talabga nisbatan kam hajmiga qaramay, halol kosmetika bozori bir joyda to‘xtab turgani yo‘q. Va uzoq vaqt davomida yuqori sifatli mahalliy halol kosmetik vositalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlarda, nihoyat bunday imkoniyat paydo bo‘ldi.

Shuni ta'kidlash kerakki, quyida gap narxi hamma uchun ham mos kelavermaydigan taniqli xorijiy brendlarning kosmetik vositalari haqida va o‘zining ekologik xususiyatlariga ko‘ra qat'iy halol talablariga javob bermaydigan uy sharotida ishlab chiqarilgan kosmetika haqida bormaydi. Bundan tashqari, uy sharoitida tayyorlangan kosmetika sifatini hech kim kafolatlay olmaydi.

O‘tgan yilning kuzida AIS brendi ostida ishlab chiqarilgan halol kosmetik vositalar sifatli mahsulotlarga muhtoj turgan bozor uchun bir yutum toza havodek bo‘ldi. Olti oydan biroz ko‘proq vaqt ichida marka mahsulotlari nafaqat Rossiyada, balki xorijda ham mashhurlikka erishdi. Bunday muvaffaqiyatning siri nimada?

Bu savolga asosli javob berishga harakat qilaylik. AIS mahsulotlarini sinab ko‘rgan odamlarning deyarli 100 foizi bir ovozdan ular yuqori samarali ekan, degan fikrdalar. Bunday samaraga mashhur kosmetik brendlar bilan raqobatlasha oladigan noyob tarkib tufayli erishiladi.

AIS kosmetikasi 3ta zavodda ishlab chiqariladi, ularning har biri qat'iy nazoratdan o‘tgan va o‘zining «Halol» sertifikatiga ega.

Brendning barcha mahsulotlari, shuningdek, Rossiya Muftiylar kengashining roziligini olgan. U hayvonlar mahsulotlari va etil spirtini o‘z ichiga olmaydi, bundan tashqari, tarkibida parabenlar, SLS, ALS va bo‘yoqlar mavjud emas.

Shunday bo‘lsa-da, ushbu kosmetika tabiiy komponentlarga boy: tarkibiga xalqaro ECOCERT va COSMOS standartlariga javob beradigan 45ta faol ingrediyentlar kiradi.

Halol AIS kosmetik vositalarini ishlab chiqarishda 120dan ortiq kishi ishtirok etadi, ulardan 12 nafari ilmiy laboratoriya xodimlaridir. Aynan ular epidermisning (odam terisini) xususiyatlarini o‘rganadilar, maxsus testlar yordamida faol komponentlarga reaksiyalarni tekshiradilar, mukammal retsepturani izlab tabiiy ekstraktlarni aralashtirib ko‘radilar va moylarni tanlash bilan shug‘ullanadilar.

Namuna olish va tarkibni ishlab chiqish o‘rtacha olti oy vaqt talab qiladi. Shundan so‘ng mahsulot yana 3 oy butun yaroqlilik muddati davomida uning xususiyatlarini eng yaxshi saqlash bo‘yicha sinovdan o‘tadi. Ishlab chiqarish sikli anchagina uzoq vaqt talab etadi.

Xomashyolarning kirish tekshiruvidan boshlab, tayyor mahsulot sifati tekshiruviga qadar kosmetika 7 bosqichda nazoratdan o‘tadi. Va albatta, natijaga ham shunga arziydi.

Brendning barcha mahsulotlari ko‘p bosqichli sinovlardan o‘tadi, lekin hayvonlarda sinovdan o‘tkazilmaydi – laboratoriya sinovlari sun'iy ravishda o‘stirilgan in vitro hujayralarida o‘tkaziladi (sun'iy odam terisi). Ularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan odam hujayralariga o‘xshash javob qaytaradi. Bu AIS kosmetikasining sifati, xavfsizligi va samaradorligiga hech qanday tirik jonga zarar bermasdan erishilishini anglatadi.

Kompaniya nafaqat Rossiya bozorida rivojlanishni, balki xalqaro bozorga chiqishni ham rejalashtirmoqda. Hozirdanoq kosmetikani Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston do‘konlaridan topish mumkin.

AIS dunyoning 20ta eng yirik xomashyo yetkazib beruvchilari bilan hamkorlik qiladi va ISO 2009 standartlariga muvofiq mahsulot ishlab chiqaradi, bu esa yuqori darajadagi xavfsizlik va sifatni kafolatlaydi.

AIS kosmetikasining noyob tarkibi haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tamiz. Uning asosiy tarkibiy qismi - Arxiz vodiysida qazib olinadigan va barcha foydali xususiyatlarini o‘zida saqlaydigan toza artezian suvidir.

Artezian suvi distillangan, sanoat usulida olingan suvdan tubdan farq qiladi, chunki unda minerallar va tabiiy komponentlar mavjud. Bu unga teriga va soch tarkibiga chuqur kirib borib, ularni namlik va foydali moddalar bilan to‘yintirishga imkon beradi.

Artezian suvidan tashqari, kosmetik vositalarning tarkibidan turli xil komponentlar o‘rin olgan. Shunday qilib, kremlarning tarkibiga shi, argan va shaftoli moylari kiradi, shampunlar tarkibida esa sochlarni ichkaridan tiklovchi patentlangan biofaol komplekslar mavjud.

Ayni damda AIS kosmetikasi 43 turdagi mahsulotni taqdim etadi: shampunlar, gellar, kremlar, niqoblar, antiperspirantlar, sovun, sharlar va boshqalar shular jumlasidan.

Yil davomida yana 13ta yangi mahsulotni ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Ayollar uchun mo‘ljallangan liniya bilan bir qatorda, erkaklar uchun mahsulotlar, jumladan shampunlar, dush uchun gellar va antiperspirantlar ham mavjud. Bu esa har qanday odam, jinsidan qat'iy nazar, nafaqat uning sog‘lig‘iga, balki atrof-muhitga ham foyda keltiradigan halol shaxsiy parvarish mahsulotlarini tanlashi mumkinligini anglatadi.

Ishlab chiqarish siklining to‘g‘ri tashkil etilishi tufayli kompaniya o‘z mahsulotlariga juda to‘g‘ri narxlarni o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi.

Ishonch bilan ayta olamizki, AIS markasi halol kosmetika O‘zbekiston bozorida mavjud bo‘lgan bo‘shliqlarni to‘ldiradi va uning yanada kengayishi va rivojlanishiga kuchli turtki beradi.

AIS markasining barcha turdagi halol kosmetika mahsulotlarini O‘zbekistondagi eksklyuziv distribyutori – «PRODiLEK Trade» MChJga murojaat qilib, xarid qilishingiz mumkin.

Murojaat uchun telefonlar:

+99899 7976700

+99897 4477557

Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:

Facebook: AISCosmeticsUzbekistan

Instagram: ais_cosmetics__uzb

Batafsil ma'lumot: www.ais-cosmetics.com

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: