Hindistonda bortida qurolli kuchlar mudofaa shtabi boshlig‘i bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Jahon 15:13 / 08.12.2021 5326

Hindistonning Tamilnad shtatida Mi-17V5 harbiy vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, vertolyot bortida mamlakat qurolli kuchlari mudofaa shtabi boshlig‘i general Bipin Ravat bo‘lgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, halokat oqibatida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan, ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Vertolyot bortida 14 kishi bo‘lgani aytilmoqda. Ular Ravatning oila a'zolari va yordamchilari bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: