Bayden Ukrainani Rossiyadan himoyalashda AQSh armiyasi qo‘llanmasligini aytdi

Jahon 23:15 / 08.12.2021 14930

“Bunday imkoniyat ko‘rib chiqilmayapti”, deb aytgan jurnalistlar bilan uchrashuvda Bayden.

AQSh prezidenti “Amerikalik harbiylar Ukrainani Rossiyadan himoya qilish uchun u yerga yuboriladimi?” degan savolga voqealarning bunday rivoji istisno etilishini aytgan. Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Bayden bunday tajovuz holatida bir tomonlama tartibda Rossiyaga qarshi kuch qo‘llamasligini ta’kidlab o‘tgan.

Shu bilan birga, Oq uy rahbari AQSh NATOga a’zo davlatlarda o‘z harbiy imkoniyatlarini kuchaytirishini tasdiqlagan. Avvalroq Vashingtonda Rossiya va Ukraina o‘rtasida ixtilof yuz bersa, harbiy imkoniyatlar kuchaytirilishi mumkinligi aytilgan.

Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan videoanjuman vaqtida Rossiya Ukrainaga hujum qilgudek bo‘lsa, Rossiyaga qarshi “avval hech qachon qo‘llanmagan” sanksiyalar kiritilishidan ogohlantirgani, bu holda Rossiyani jiddiy oqibatlar kutayotganini aytganini ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq Putindan “Rossiya Ukrainaga hujum qilmoqchimi?” deb so‘ralganda, u savolning o‘zi “provokatsion” ekanini, Rossiya tinchliksevar tashqi siyosat yurgazishini, biroq u o‘z xavfsizligini ta’minlashga haqli ekanini aytgan.

Ko‘proq yangiliklar: