Surxondaryo viloyati Denov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 4 dekabr kuni soat 21:30 larda Denov tumani Totuvlik mahallasi hududida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-2106» mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotan piyodani urib yuborgan. Oqibatda jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Denov tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.