«2020 yilning dekabr oyida menda ozgina qon ketishi kuzatildi va men shifoxonaga murojaat qildim. Menda UTT o‘tkazib, juda katta miomani aniqlashdi. Shifokor iloji boricha tezroq onkologiya markaziga murojaat qilishni tavsiya qildi. Men u yerda batafsil tekshiruvdan o‘tdim va menga «ikkinchi darajali bachadon bo‘yni saratoni» tashxisi qo‘yildi. Shifokorlar bunday hollarda odatda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishini ma'lum qildilar. Ular jarrohlik amaliyotini amalga oshirishlari mumkinligini, lekin shish juda katta bo‘lgani uchun jiddiy yondosh asoratlar vujudga kelish xavfi borligini aytishdi. Shu sababli biz xorijiy klinikaga murojaat qilishga qaror qildik», — deya xotiralari bilan bo‘lishadi Guli opa.
Yaqinlar butun dunyo bo‘ylab Guli opaga shifo topishga yordam beradigan vrachlarni izlay boshlashdi. Istanbuldagi Anadolu tibbiyot markazining shifokorlari kasallik tarixini o‘rganib, o‘z tavsiyalarini berishdi va bemor ayolni davolanishga taklif qilishdi.
Bu yerda birinchi navbatda bemorni kengaytirilgan tekshiruvdan o‘tkazib, tashxisni tekshirish va kasallik rivojlanishi darajasini aniqlashga harakat qilishdi. Tibbiy tekshiruv davomida bemor ayolda bachadon bo‘yni saratonidan tashqari, ko‘kragida shish va qulog‘ida melanoma borligi aniqlandi. Patologik tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, bu faqat metastaz emas, balki onkologiyaning uch xil turidir.
«Bu yangilik meni shok holatiga tushirdi, albatta. Biroq shifokorlar meni darhol tinchlantirdilar. Onkologiyaning uchala turi ham muvaffaqiyatli davolanadi va menga nisbatan prognozlar yaxshi ekan. Shifokorlar menga umid berishdi, men ularga, ular esa menga ishondilar va biz davolanishni boshladik», — deb eslaydi Guli opa.
Anadolu mutaxassislari shifokorlar konsiliumini chaqirib, eng samarali davolash rejasini ishlab chiqishni maqsad qilishdi. Unda, avvalo, ginekologik kasallikni davolashdan boshlashga qaror qilindi: bemorga radio va kimyoterapiyasini o‘tkazish ko‘rsatmasi berildi.
«Davolash jarayonining taxminan o‘rtalarida meni qayta nazorat tekshiruvidan o‘tkazishdi. Davolovchi shifokorim, radiatsion onkolog Xale Bashak Chalar menga quvonchli yangilikni yetkazdi — radioterapiya natijasida shish deyarli ikki barobar kichrayibdi», — deya kechinmalari bilan o‘rtoqlashdi Guli opa.
Shifokorlar asosiy kasallikning davosini topishganidan so‘ng qolgan kasalliklarni davolashni boshlashdi. 2021 yilning iyun oyida bemorda jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi: avval jarrohlar sut bezidagi shishni, so‘ngra jarrohlik xonasidan chiqmay turib, melanomani olib tashlashdi.
Bundan so‘ng Guli opa ko‘krak saratoni sababli jarrohlik amaliyotidan keyin kasallik retsidivining oldini olish uchun qo‘shimcha radiatsion terapiyani boshidan kechirdi. Birlamchi tekshiruvlarning ko‘rsatishicha, davolash muvaffaqiyatli o‘tdi. Unda onkologiyaning belgilari qolmadi. Biroq yakuniy xulosa uch oydan keyin — nazorat diagnostikasi natijalariga ko‘ra aniq bo‘ladi. Umumiy hisobda, klinikada davolanish qariyb to‘qqiz oy — 2021 yilning yanvaridan sentabr oyigacha davom etdi.
Anadolu tibbiyot markazining onkologi Sinan Karaaslandan izoh
«Bu holat biz shifokorlar uchun haqiqiy sinov bo‘ldi. Bir tomondan omadimiz keldi — melanoma boshlang‘ich bosqichda edi. Uni jarrohlik yo‘li bilan olib tashlash kifoya bo‘lib, qo‘shimcha davolash talab etilmadi. Boshqa tarafdan, unda asosiy kasallik mavjud bo‘lib, u kimyo terapiyasi bilan birga radioterapiyani talab qildi hamda ma'lum bir davolash taktikasini talab qiluvchi ko‘krak bezi saratoni ham bor edi. Shu sababli terapiya usullarini tanlash va ularni o‘tkazish borasida samarali davolash rejasini ishlab chiqish biz uchun oson bo‘lmadi. Biroq ishonch bilan aytishim mumkinki, biz samarali davolash rejasini ishlab chiqa oldik va muvaffaqiyatli amalga oshirdik. Albatta, yakuniy g‘alaba haqida gapirishga hali erta, nazorat tekshiruvlari hali oldinda. Biroq birlamchi natijalar bizni juda quvontirmoqda».
Saraton kasalligiga qarshi kurashning eng yangi usullari haqida Anadolu tibbiyot markazining xalqaro bo‘limiga murojaat qilib, bilib olishingiz mumkin. Uning rus tilida so‘zlashuvchi mutaxassislari barcha savollaringizga javob berishadi va zarur bo‘lsa, klinikaning yetakchi professorlari bilan kasallik va kerakli davolanish haqida bepul maslahatlashishga yordam berishadi.
Anadolu tibbiyot markazining aloqa raqamlari:
WhatsApp, Telegram: +90 530 954 30 22 (rus tilida)
Sayt: www.anadolumedicalcenter.ru
Elektron pochta: int.patiens@anadolusaglik.org
Reklama huquqi asosida