Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei yurak salomatligi va insult bo‘yicha tadqiqot natijalarini e'lon qildi
2021 yilgi Butunjahon yurak kuni munosabati bilan Huawei bugun insult va yurak salomatligi bo‘yicha o‘tkazgan tadqiqoti natijalarini e'lon qildi. Bu tadqiqot dunyoning ikki yetakchi instituti – Buyuk Britaniyadagi Liverpul universiteti va Xitoyning 301 gospitali bilan hamkorligi natijasida amalga oshirildi.

Foto: Huawei
Mazkur loyihalar Huawei kompaniyasining yurak salomatligi va insult sohasidagi tadqiqotlarni yanada rivojlantirish maqsadiga sodiqligini tasdiqlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan texnologiyalar kasallikning dastlabki bosqichida nihoyatda muhim rol o‘ynashi mumkin. Ular, shuningdek, yurak xastaliklari bilan yashayotgan va insultdan himoyalanmagan millionlab odamlarning hayotini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan surunkali kasalliklarni uyda davolash konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Huawei tebranma aritmiya va insultni yanada tadqiq qilish maqsadida Liverpul universiteti bilan hamkorlik qildi. Tadqiqotchilar tebranma aritmiyani kuzatish uchun HUAWEI Band 6 bilaguzugi yordamida insultdan keyingi bemorlarning sog‘lig‘ini o‘rganishdi. Liverpul universitetining insultni yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi, uyqu apnoesi yoki yurish tezligi insult xavfiga qanday ta'sir ko‘rsatishini maklashuvchi ilovasidan foydalanib Huawei qurilmalari yurak kuzatishi mumkin.

Buyuk Britaniyadagi Liverpul universiteti qoshidagi «Liverpul» yurak-qon tomir fanlari markazining professori, yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi va qon tomir bo‘yicha jahondagi asosiy mutaxassislardan biri Gregori Lip shunday dedi:
«Yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi insult, yurak yetishmovchiligi va aqliy zaiflikning yuqori xavfidan darak berishi mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan yurak ritmi kasalligidir. Biz aqlli kiyimlardan foydalanib insultdan keyin odamlarda ritm buzilishini aniqlashga yordam beradigan ushbu qo‘shma loyihadan hayajondamiz. Huawei bilan hamkorligimiz tufayli biz xavf yuqori bo‘lgan guruhlarni monitoring qilishni qanday yaxshilash mumkinligini ko‘rib chiqamiz».

Liverpul universiteti bilan olib borilgan yangi tadqiqotlar bilan bir qatorda, Huawei'ning avvalgi yurak tadqiqotlari ham jahon miqyosidagi e'tiroflarga sazovor bo‘ldi. 2018 yilda Huawei'ning yurak salomatligi masalalari bo‘yicha tadqiqot guruhi 301-gospitalning kardiologlari bilan hamkorlikda yurak tadqiqini boshladi. Bu yil Huawei kompaniyasining yurak sohasidagi beshta tadqiqoti 2021 yilgi Yevropa kardiologiya jamiyati (ESC) yillik onlayn konferensiyasida taqdim etildi. Natijalar mobil va taqiladigan texnologiyalarning ahamiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi monitoring va davolash uchun, surunkali yurak-qon tomir kasalliklarini uyda davolashda qo‘l kelishi mumkin.
Nashr etilgan tadqiqot natijalari Huawei qurilmalari va yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasini boshqarish platformasi mAFA (yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasini davolash uchun mobil dastur) ma'lumotlarini tahlil qilishga asoslangan bo‘lib, u yurak bo‘lmasi fibrillyatsiyasi skriningini yaxshilash va bemorni kompleks boshqarish uchun aqlli texnologiyalardan foydalanadi.

Huawei Band 6 O‘zbekistonda. Uni Elmakon, Radius, SP Phone, Mediapark do‘konlarining barcha filiallarida, shuningdek, Olcha, Asaxiy va Zoodmall onlayn-do‘konlarida xarid qilishingiz mumkin.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afg‘oniston xalqaro miqyosda tan olinishi uchun barcha shartlarni bajarganini e’lon qildi
Jahon | 16:42
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
Mavzuga oid

16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi

22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi

09:00 / 19.12.2024
Huawei kompaniyasi Dubaydagi taqdimotida yangi buklanadigan smartfon va boshqa flagman qurilmalarini taqdim etdi

00:06 / 03.11.2024