Time jurnali 2024 yilning eng ahamiyatli ixtirolari ro‘yxatini e’lon qildi

Fan-texnika 00:07 / 03.11.2024 6353

Time jurnali 2024 yilning eng yaxshi 200 ta innovatsiyasi nomini e’lon qildi. Ixtirolar ro‘yxati jurnal saytida e’lon qilingan bo‘lib, ular orasidan maishiy elektronika, robototexnika, mobil gadjetlar, tibbiyotdagi ixtirolar ham bor. 

Xususan, ro‘yxatning iste’molchilar elektronikasi bo‘limidan Huawei Mate XT — uch seksiyali konstruksiyaga ega dunyodagi birinchi seriyali smartfon ham o‘rin olgan. Smartfonning og‘irligi 238 grammni tashkil etadi, to‘liq ochilgan holatda gadjet korpusi qalinligi — 3,6 millimetr, yig‘ilgan holatda — 12,8 millimetr. Ikkita joyidan buklanadigan smartfonni ekrani 10,2, 7,9 hamda 6,4 dyuymli qurilma sifatida foydalansa bo‘ladi.

Huawei Mate XT
Foto: CNET

«Go‘zallik» bo‘limiga kipriklarni o‘stiradigan Luum Precision Lash texnologiyasi ham kiritilgan. Mijozlar uchun xavfsiz deb atalayotgan mazkur texnologiya doirasida robot 1,5 soat ichida kipriklarni o‘stiradi (bu qo‘lda qilinganidan tezroq).

Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan qurilmalar orasidan AirPods Pro 2 naushniklari ham o‘rin olgan bo‘lib, ulardan quloq apparati sifatida ham foydalanish mumkin.

AirPods Pro 2
Foto: CNET

Dasturiy ta’minot va ilovalar orasidagi yangiliklarda Ukraina davlat xizmatlari taqdim etgan «Diya» ham mavjud. Mazkur ilovaning «Onlayn-nikoh» xizmati orqali nikohdan o‘tish mumkin — videoaloqa orqali FHDYo xodimi ishtirok etadi, hujjatlar maxsus imzo orqali tasdiqlanadi.

«Uydagi salomatlik» bandiga kiritilgan yangiliklar orasida Amerika iste’mol mahsulotlari va tibbiyot vositalari sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan grippga qarshi burunga sepiladigan vaksina ham bor. 

Boshqa ixtirolar qatoridan Arc'teryx and Skip MO/GO ekzoskeleti, E-Ink-ekranga ega Rakuten Kobo Libra Colour rangli kitobi, bezgakka qarshi R21/Matrix-M vaksinasi, Medical Microinstrumens Symani Surgical System robot-jarrohi va boshqa qator innovatsiyalar o‘rin olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: