“Toshkent savdo markazi”ning yangi 8 qavatli gipermarketi ishga tushdi

Jamiyat 17:00 / 30.11.2021 23852

2018 yilda tashkil etilgan “Toshkent savdo markazi” xorijiy korxonasi xaridorlarga zamonaviy talablar asosida savdo xizmati ko‘rsatishni maqsad qilgan.

“Toshkent savdo markazi” joriy yilda amalga oshirishi lozim bo‘lgan rejalardan yana birini tugatdi. Ya'ni yangi 8 qavatli zamonaviy gipermarket qurilishi to‘liq tugatilib foydalanishga topshirildi.

Gipermarket ochilishiga mutasaddilar bilan birga xorijiy va mahalliy tadbirkorlar taklif etildi. Tantanali ochilish marosimida bozor rahbariyati yangi gipermarket qulayliklari va afzalliklariga alohida to‘xtaldi.

Foto: Toshkent savdo markazi
Foto: Toshkent savdo markazi

Ushbu 8 qavatli zamonaviy gipermarket bozor hududidagi ilgari avtomobillar to‘xtash joyi sifatida foydalanilgan 2,2 gektar maydonda qurildi. Gipermarketning pastki 3 qavatida 1508 ta do‘kon barpo etilgan. Yuqori 5 ta qavatida 4500 ta avtomobil sig‘imiga ega avtoturargoh, restoran, maishiy xizmat, tez tibbiy yordam xonalari joylashgan.

Mazkur savdo majmuasi ishga tushishi bilan 3 ming nafar atrofidagi aholi ish bilan ta'minlanadi. Shuningdek, avtoturargoh bozorlar atrofida yuzaga kelayotgan tirbandliklarga ham chek qo‘yadi.

Foto: Toshkent savdo markazi
Foto: Toshkent savdo markazi

Yangi gipermarketning ochilish marosimida Qur'on tilovat qilinib, xalqqa osh berildi. Qurilishda faol ishtirok etgan xodim va hamkorlarga minnatdorchilik sifatida sovg‘alar ulashildi.

Gipermarket qurilishida qilinishi lozim bo‘lgan imkoniyatlar inobatga olinib, sotuvchi va xaridorlar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

“Toshkent savdo markazi” yangi gipermarketining tashqi ko‘rinishi salobatli ko‘rinsa, ichkari tarafida shinamlik va ko‘rkamlik aks etadi.

Shuni ham aytib o‘tish lozimki, “Toshkent savdo markazi” XKda 2018 yilda 788 nafar ishchi xodim mehnat qilgan bo‘lsa, yangi majmualar qurilishi hisobiga doimiy ish o‘rinlari soni 1150 taga yetdi.

Foto: Toshkent savdo markazi

“Toshkent savdo markazi” mas'uliyati cheklangan jamiyati aholi va tadbirkorlarga qulaylik yaratishda davom etadi. Korxona tomonidan kelgusida eski savdo do‘konlari o‘rnida ko‘p qavatli savdo majmualari qurilib, savdo xizmati ko‘rsatish ko‘lami va sifatini yanada oshirish rejalashtirilgan.

Foto: Toshkent savdo markazi

Bu esa o‘z o‘rnida savdo madaniyati rivojlanib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati yanada oshishida muhim omil bo‘lmoqda.

Foto: Toshkent savdo markazi

Telegram: t.me/ABU_SAXIY_TashkentTradeCentre

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: