Qashqadaryoda opiy giyohvand moddasini olib ketayotgan shaxs ushlandi

Jamiyat 13:48 / 27.11.2021 578

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida joylashgan “Umakay” muntazam yo‘l-patrul maskanida opiy giyohvand moddasini olib ketayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 16 noyabr kuni Qashqadaryo viloyat DXX va viloyat IIB xodimlari hamkorlikda Chiroqchi tumani “Umakay” yo‘l-patrul xizmati maskanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida Surxondaryo — Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Cobalt mashinasi haydovchisi xodimlarda shubha uyg‘otgan. Mashina to‘xtatilibb tekshirishganida, uning salonidan salkam 100 gramm “opiy” giyohvand moddasi topilgan.

Dastlab surishtiruvda haydovchi qoradorini choyga qo‘shib ichishini, chekishni bilmasligini aytgan. Ammo nega yashirincha olib ketayotganiga izoh bera olmagan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: