25 noyabr kuni Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi 30 yilligi medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 noyabr kuni Nursulton shahrida «Mustaqil Qozog‘iston va Islom qadriyatlari» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 200 dan ziyod xorijiy va mahalliy mutaxassislar, martabali din va davlat arboblari, professor va akademiklar arab, rus, turk va qardosh tillarda ma'ruzalar qildi.
Xalqaro konferensiyada bugungi murakkab davrda din peshvolarining hamjihatlikda faoliyat yuritishi muhimligi, shuningdek, global zamonda ulamolarning o‘zaro hamkorligi muammolarni yechishda katta omil ekani aytildi.
Shuningdek, kecha Nur-Sulton shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qozog‘iston musulmonlari idorasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay Tag‘anuli bilan ham uchrashuv o‘tkazgan edi.