Forum doirasida bank-kredit, investitsiya, sug‘urta, qayta sug‘urtalash hamda lizing faoliyatlari bo‘yicha qator xalqaro konferensiyalar, ma'ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.
“Agrobank” ATB vakillari ham forumda ishtirok etib, o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.
Jumladan, Rossiya Federatsiyasining “Transkapitalbank”i bilan 22 million Yevro miqdoridagi moliyaviy kelishuvga erishildi va o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim rasmiylashtirildi.
Birlashgan Arab Amirliklarining “Mashreqbank” bilan Yaqin Sharqdagi banklar o‘rtasida sindikatlangan kreditni tashkil etish yo‘nalishida 75 million AQSh dollarigacha bo‘lgan mablag‘ni jalb etish bo‘yicha hamkorlik kelishuvi va savdo kreditini taqdim etishga bosh kelishuv imzolandi.
Mazkur forumda Xalqaro moliya institutlari bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha muzokaralar ham olib borildi.
“Agrobank” ATB Matbuot xizmati Ⓣ