To‘lovlar uchun sovg‘alar: Payme yangi Payme People sodiqlik dasturi bo‘yicha aksiyani boshladi

O‘zbekiston 11:59 / 25.11.2021 7727

Bu aksiya bo‘yicha Dubayga sayohat, iPhone 13 Pro Max, pul mukofotlari, shuningdek ko‘plab boshqa sovg‘alar yutib olish mumkin.

Mas'uliyatli. G‘amxo‘r. Optimistik. Ular tufayli, telefon yoqilgan, internet ishlaydi, uy issiq va yorug‘. Yaqinlar va do‘stlar, masofadan turib ham yordamni his qilishadi. Ular qimmatli vaqtni qanday tejashni va uni haqiqatan muhim bo‘lgan narsaga sarflashni bilishadi.

Bular — Payme foydalanuvchilari. O‘z foydalanuvchilariga hurmat bildirib, Payme yangi sodiqlik dasturni ishga tushirmoqda.

Siz Dubayga sayohat, yangi smartfon, o‘yin konsolini uzoq vaqtdan beri orzu qilasizmi yoki shunchaki yangi yil muvaffaqiyatli bo‘lishidan alomatni kutyapsizmi? Payme orzularingizni ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Buning uchun dasturdan foydalanish kifoya. Axir mo‘jizalar faqat yangi yildagina sodir bo‘lmaydi-ku.

Tanlovda ishtirok etish uchun nima qilish kerak?

Shartlar juda oddiy: aksiyada qatnashish uchun alohida biror narsa qilish shart emas, Payme’dan foydalanish kifoya.

2021 yil 22 noyabrdan 2022 yil 21 yanvargacha har 100 so‘m tranzaksiya uchun 1 ball sizga berib boriladi. To‘plangan ballar soniga qarab, sizga maqom beriladi.

Agar shu vaqt ichida 10 000 ball to‘plasangiz, birinchi darajaga o‘tasiz va birinchi darajali sovrinlar o‘yini ishtirokchisiga aylanasiz. Har bir ishtirokchiga shaxsiy ID raqami beriladi.

Ma'lum miqdordagi ballarni to‘plash va ikkinchi darajaga o‘tish orqali, avtomatik ravishda o‘z darajangizdagi va avvalgi darajadagi sovg‘alar o‘yini ishtirokchisiga aylanasiz. Daraja qanchalik baland bo‘lsa, yangi yilda yoqimli hadya yoki qimmatbaho sovg‘ani yutib olish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Har bir daraja uchun to‘planishi kerak bo‘lgan ballar soni, sovrinlar ro‘yxati va boshqa ma'lumotlarni, havola orqali o‘tib, bilib olishingiz mumkin.

G‘oliblarni qanday sovg‘alar kutmoqda?

Sovg‘alar orasida pul mukofotlari, Payme hamkorlarining promo-kodlari, gadjet aksessuarlari va Payme logotipi tushirilgan tovarlar, shuningdek, hamkorlarning maxsus sovrinlari mavjud.

Shuningdek, Payme aksiyasida siz super-sovrinlar: ikki kishilik Dubayga unutilmas sayohat, Maldiv orollariga ajoyib sayohat, iPhone 13 Pro Max, Samsung plansheti va telefoni, Playstation 5 kabi super-sovrinlarni yutib olishingiz mumkin.

Tanlov qanday o‘tadi va sovrinlarni qayerdan olish kerak?

G‘oliblar 2022 yil 22 yanvar kuni tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi. Ularning har biri Payme ilovasiga o‘z yutug‘i haqidagi ma'lumotlar bilan push-xabarnoma oladi. Yutuqni Siz maxsus QR-kod yordamida olib ketishingiz mumkin.

Pul mukofotlari foydalanuvchining Payme Card elektron hamyoniga o‘tkaziladi. Promo-kodlar push-xabarnomalar orqali darhol ilovada ko‘rsatiladi.

Sovrinlarning baxtli g‘oliblari o‘z sovg‘alarini Riviyera savdo markazining atriumida 2022 yilning 22 yanvaridan 5 fevraliga qadar ishlaydigan maxsus tarqatish joyida bayram va xursandchilik muhitida olishlari mumkin bo‘ladi. Sovg‘ani olish uchun siz QR-kodni ko‘rsatishingiz kerak.

Internetga ulanish bilan bog‘liq muammolardan tashvishlanmasligingiz mumkin, Payme siz uchun bu haqda qayg‘urib, sovg‘a tarqatish joyida bepul Wi-Fi taqdim etadi.

Bu erda barchani maxsus o‘qitilgan promo-xodimlar kutib olishadi, ular nima qayerda ekanini bilishga va tanlovning barcha shartlarini to‘g‘ri bajarishga yordam berishadi.

Super sovrinlar Riviyera savdo markazi atriumida bo‘lib o‘tadigan va o‘zbekistonlik blogerlar ishtirok etadigan shou-dasturli gala-konsertda topshiriladi.

Siz ilova orqali yaqinlaringizga pul o‘tkazish yo‘li bilan ularga g‘amxo‘rlik bildirasiz, Payme esa katta Payme People oilasining bir qismi bo‘lganingiz uchun sizga minnatdorchilik va hurmat izhor qiladi.

Tanlov tafsilotlari bilan havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Dasturda ishtirok etish uchun siz Payme ilovasining yangilangan versiyasi foydalanuvchisi bo‘lishingiz kerak.

Ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.

 

Payme 24 soatlik call-markazi: (+998) 78-150-22-45, (+998) 71-200-02-05.

Yuklab olish uchun: payme.uz/getapp

Sayt: payme.uz/fallback/loyalty

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: