Ta'kidlash kerak, turkum ko‘rsatuvlar respublika yo‘llarini qamrab oladi. Unda yo‘l chetlariga noto‘g‘ri o‘rnatilgan yo‘l belgilari, chiziqlar, chorrahalardagi harakatlar qanchalik to‘g‘ri tartibga solingani haqida so‘z boradi.
Senat ekspertlar kengashi a'zosi Nosirjon Zokirov Toshkentning Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib, Nurafshon yo‘li orqali Bunyodkor shohko‘chasi tomon harakatni davom ettirdi. Mutaxassis harakati davomida bir necha joyda yo‘l belgilari o‘rnatilishiga e'tiroz bildirdi.
O‘ylaymizki, mutasaddilar ushbu holatlarni tuzatish choralarini ko‘radi.